Bugun,

  • USD12634.34
  • RUB162.37
  • EUR14821.34

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining so‘nggi 26-tur uchrashuvlari bugun, 30-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi.

Mavsum chempioni “Nasaf” bosh sovrinni qo‘lga kiritganidan beri g‘alaba nimaligini bilmayapti. O‘z uyida autsayder “Metallurg”ni qabul qilgan Qashqadaryo klubi kutilmaganda mag‘lubiyatga uchradi. Ushbu o‘yinda g‘alaba qozongan bekobodliklar so‘nggi o‘rindan yuqorilashga muvaffaq bo‘ldi. Endi ular Superligada qolish uchun o‘tish o‘yinida qatnashadi.

“OKMK” klubi Oybek Qosimovning 78-daqiqada urilgan goli evaziga g‘alabani va kumush medallarini naqd qildi. Olmaliq klubi ushbu mavsumda 47 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.

“Navbahor” va “Andijon” klubi o‘rtasidagi uchrashuv huddi kubok finalidek murosasiz o‘tdi. Uchrashuvning birinchi bo‘lim so‘ngida mehmonlar hisobni ochdi. Namangan klubi bunga ikki gol bilan javob berdi. Rustam Turdimurodov va Mamatkazinning goli andijonliklarni oldinga olib chiqdi. Qo‘shimcha daqiqalarda Ruslanbek Jiyanovning goli Namangan klubiga 1 ochko va bronza medallarini olib keldi. “Andijon” klubi esa mavsumni 9-o‘rinda yakunlaydigan bo‘ldi.

Foto: “Neftchi” fk

“Neftchi” klubi “Lokomotiv” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuv murosasiz o‘tdi. Sababi “Lokomotiv” o‘tish o‘yinida qatnashish uchun, farg‘onaliklar bronza medallari uchun g‘alaba qozonishi kerak edi. Uchrashuvning asosiy daqiqalari durang bilan yakunlandi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Sanjar Qodirqulov tomonidan kiritilgan gol “Neftchi” klubi musobaqada 43 ochko bilan tugatishiga zamin yaratdi. Afsuski, farg‘onaliklarning “So‘g‘diyona” va “Navbahor” bilan o‘zaro o‘yinlaridagi natijalari yomon ekani sabab ochkolari teng bo‘lishiga qaramay, 5-o‘ringa joylashdi.

“Dinamo” medallar uchun kurash olib borgan “So‘g‘diyona” klubini qabul qildi. Uchrashuvning 78-daqiqasida Kojo tomonidan kiritilgan gol samarqandliklarga g‘alaba keltirdi. 43 ochkoga ega bo‘lgan Jizzax klubi o‘zaro o‘yinlardagi natijalar sabab, 4-o‘ringa joylashdi.

“Paxtakor” derbida “Bunyodkor”ga mag‘lub bo‘ldi. Andriya Filipovich va Rasho Momchiloning gollari o‘tgan mavsum chempionlarining mag‘lubiyatini ta’minladi.

“Surxon” klubi “Olimpik”ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Ushbu g‘alaba Surxondaryo klubining Superligada 7-o‘rinda yakunlashiga zamin yaratdi. “Olimpik” esa o‘tish o‘yinida qatnashadi.

Foto: PFL

Superliga

26-tur

30-noyabr, shanba

“Nasaf” — “Metallurg” 1:2
Gollar: 1:0 — Sherzod Nasrullayev (45+2), 1:1 — Marko Milichkovich (45+9), 1:2 — Daler Sharipov (54).

“Navbahor” — “Andijon” 3:3
Gollar: 0:1 — Sardor Azimov (45), 1:1 — Jamshid Iskanderov (54, penalti), 2:1 — Yovan Jokich (60), 2:2 — Rustam Turdimurodov (62), 2:3 — Islom Mamatkazin (73), 3:3 — Ruslan Jiyanov (90+7).

“Bunyodkor” — “Paxtakor” 2:0
Gollar: 1:0 — Andriya Filippovich (36), 2:0 — Momchilo Raso (79).

“Lokomotiv” — “Neftchi” 2:3
Gollar: 1:0 — Ivan Rogach (12), 2:0 — Sardor Abdunabiyev (30), 2:1 — Abbos G‘ulomov (39), 2:2 — Bilol Toshmirzayev (40), 2:3 — Sanjar Qodirqulov (90+2).
Aniq amalga oshirilmagan penalti: Husayn Norchayev (56, “Neftchi”).

“OKMK” — “Qizilqum” 1:0
Gol: 1:0 — Oybek Rustamov (78).

“Dinamo” — “So‘g‘diyona” 1:0
Gol: 1:0 — Joel Kojo (78).

“Surxon” — “Olimpik” 3:0
Gollar: 1:0 — Muhammadali Abjurahmonov (35), 2:0 — Behruz Shaydulov (61), 3:0 — Abdug‘ofur Haydarov (90+3).
Chetlatish: Ahmadjon Anvarov (39).

Shunday qilib, o‘tish o‘yinida “Metallurg” “Qo‘qon-1912” bilan, “Olimpik” “Sho‘rtan”ga qarshi Superliga yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport

“Bu xotiralarni hech qachon unutmayman” — Eldor Shomurodov “Roma” bilan xayrlashdi

“Bu xotiralarni hech qachon unutmayman” — Eldor Shomurodov “Roma” bilan xayrlashdi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Iqtisodiyot

O‘zbekiston aholisiga yarim yilda qancha ipoteka krediti berilgani ochiqlandi

O‘zbekiston aholisiga yarim yilda qancha ipoteka krediti berilgani ochiqlandi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

Olmaotada o‘zbekistonliklar o‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha hukm o‘qildi

Olmaotada o‘zbekistonliklar o‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha hukm o‘qildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »