Bugun,

  • USD12699.14
  • RUB162.16
  • EUR14847.83

Bugungi kunda turk seriallari butun dunyo bo‘ylab yuksak hurmatga sazovor. Turk filmlarini millionlab odamlar tomosha qiladi va dizi ixlosmandlari soni yildan yilga ortib bormoqda.

Bugun biz mashhur filmlarda eng yaxshi obrazlarni gavdalantirgan turk aktyorlarning ota-onalari bilan yaqindan tanishishga qaror qildik.

Hande Erchel

Foto: Thegirl.ru

“Qalbim eshigini qoq” seriali yulduzi Hande Erchelning otasi Kaya Erchel maishiy texnika savdosi bilan shug‘ullangan, onasi Aylin esa uy bekasi bo‘lgan. Hande Erchelning Gamze ismli opasi bor, u o‘zidan atigi bir yosh katta.

Foto: Thegirl.ru
Foto: Thegirl.ru

Afsuski, aktrisa 2019-yilda onasidan ayrildi. Bu judolik oila uchun kuchli zarba bo‘ldi. Handening onasi doim farzandlari tarbiyasi va ro‘zg‘or yumushlari bilan band bo‘lgan va qizlarining qiziqishlarini doimo qo‘llab-quvvatlagan.

Taro Emir Tekin

Foto: Thegirl.ru

“Bevafo” seriali chiqqandan keyin dunyo miqyosida shuhrat qozongan va “Qo‘rg‘on sirlari”dagi roli mashhurligini sezilarli darajada oshirgan Taro Emir Tekin mashhur turk aktrisasi Shevval Semning o‘g‘li. Uning otasi Metin Tekin futbolchi bo‘lgan. Aktyor ijtimoiy tarmoqlarda ota-onasi bilan tushgan fotosuratlarini bo‘lishib turadi.

Foto: Thegirl.ru

Afra Saracho‘g‘lu

Foto: ABC Gazetesi

“Qo‘rg‘on sirlari” serialida Seyran rolini o‘ynagan Afra Saracho‘g‘luning ota-onasi yoshligida ajrashib ketgan, shuning uchun u faqat onasining qaramog‘i ostida voyaga yetgan. Uning otasi hech qachon qizi bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatishga harakat qilmagan. Lutfiye Saracho‘g‘lu qizining bolalikdan aktrisa bo‘lish istagini amalga oshirgan. U ijtimoiy tarmoqlardagi yangi serial kastingi bo‘yicha e’lonni ko‘rib qolgan va Afraning kino olamiga kirib kelishiga sabab bo‘lgan.

Foto: Thegirl.ru

Kerem Bursin

Foto: Thegirl.ru

“Qalbim eshigini qoq” seriali yulduzi Kerem Bursinning onasi Chigdem uy bekasi bo‘lib, o‘g‘li va Keremning singlisi Melis tarbiyasi bilan band bo‘lgan. Otasi Ibrohim Pomir tadbirkor, xalqaro neft kompaniyasining rahbari lavozimida ishlab kelmoqda. Tashqi jihatdan ko‘pchilik aktyorni aynan otasiga o‘xshatadi.

Foto: Thegirl.ru
Foto: Thegirl.ru

Mert Ramazon Demir

Foto: Thegirl.ru

“Qo‘rg‘on sirlari” yulduzi Mert Ramazon Demir ko‘p farzandli oilada tug‘ilgan. Mertning to‘rt akasi va singlisi bor, lekin uning oilasi omma e’tiboridan chetroqda turishni afzal ko‘radi. Aktyorning otasi Abdujalil Demir hunarmand va savdogarlik bilan shug‘ullanadi. Onasi Deriya uy bekasidir.

Burak O‘zchivit

Foto: Thegirl.ru

“Sevgi iztirobi”, “Choliqushi” seriallari yulduzi Burak O‘zchivitning otasi Jeyhan O‘zchivit restoran biznesining egasi. U barcha otalar singari o‘g‘lining oilaviy biznesni davom ettirishini istagan, ammo Burak butunlay o‘zga taqdirni tanladi va shou-biznesga modellik orqali kirib keldi.

Foto: Thegirl.ru
Foto: Thegirl.ru

Aktyorning bolaligi Mersin shahrida o‘tgan. Uning onasi Jeyhan O‘zchivit uy bekasi bo‘lib, ikki farzandi — Burak va uning singlisi Burchin tarbiyasi bilan shug‘ullandi.

Melisa Dongel

Foto: Thegirl.ru

“Qalbim eshigini qoq” serialidagi Jeren obrazini ijro etgan Melisa Dongel turk kinosini muvaffaqiyatli zabt etdi. Uning onasi rus millatiga mansub bo‘lib, Natalya Orlova uzoq yillar davomida Sevastopolda yashab kelgan. Aktrisa otasi haqida hech qanday ma’lumot bermagan.

Foto: Thegirl.ru

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
O‘zbekiston

Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
O‘zbekiston

Toshkentda aholi bank kartalaridan pul o‘g‘irlagan jinoiy guruh fosh etildi

Toshkentda aholi bank kartalaridan pul o‘g‘irlagan jinoiy guruh fosh etildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
O‘zbekiston

“Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

“Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »