Bugun,

  • USD12634.34
  • RUB162.37
  • EUR14821.34

Argentina futbol assotsiatsiyasi o‘zining rasmiy saytida 2024-yilgi Amerika kubogi boshlanishi arafasida Ekvador (9-iyun) va Gvatemala (14-iyun) milliy terma jamoalari bilan o‘rtoqlik o‘yinlari uchun mamlakat terma jamoasining kengaytirilgan tarkibini e'lon qildi.

Foto: Getty Images

Kengaytirilgan ro‘yxatga 29 nafar futbolchi kiritilgan.

Darvozabonlar: Franko Armani (“River Pleyt”), Emiliano Martines (“Aston Villa”), Jeronimo Rugli (“Ayaks”).

Himoyachilar: Gonsalo Montel (“Nottingem Forest”), Nahuel Molina (“Atletiko”), Leonardo Balerdi (“Marsel”), Kristian Romero (“Tottenhem”), German Pescheglia (“Betis”), Lukas Kuarta (“Fiorentina”), Nikolas Otamendi (“Benfika”), Lisandro Martines (“Manchester Yunayted”), Markos Akuna (“Sevilya”), Nikolas Tagliafiko (“Lion”), Valentin Barko (“Brayton”).

Yarim himoyachilar: Gido Rodriges (“Betis”), Leandro Paredes (“Roma”), Aleksis Mak Allister (“Liverpul”), Rodrigo De Pol (“Atletiko”), Ekekyel Palasios (“Leverkuzen”), Enso Fernandes (“Chelsi”), Jovani Lo Selso (“Tottenxem”), Anxel Di Mariya (Benfika), Valentin Karboni (Monza).

Hujumchilar: Lionel Messi (“Inter Mayami”), Anxel Korrea («Atletiko»), Alexandro Garnacho (“Manchester Yunayted”), Nikolas Gonsales (“Fiorentina”), Lautaro Martines (“Inter”), Alvares (“Manchester Siti”).

Foto: “AFA”

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Amerika terma jamoalari qit’a turniriga faqatgina 25 nafar futbolchini qaydnomaga kiritishi mumkin, Argentina terma jamoasi murabbiylar shtabi Amerika kubogiga tayyorgarlik yakunida musobaqaga qatnashadigan futbolchilar ro‘yxatini taqdim etadi.

Ma’lumot uchun, Amerika kubogi—2024 20-iyundan 14-iyulga qadar AQSHda bo‘lib o‘tadi. Argentina terma jamoasi musobaqani 20-iyun kuni bo‘lib o'tadigan Peru terma jamoasiga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport

“Bu xotiralarni hech qachon unutmayman” — Eldor Shomurodov “Roma” bilan xayrlashdi

“Bu xotiralarni hech qachon unutmayman” — Eldor Shomurodov “Roma” bilan xayrlashdi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Iqtisodiyot

O‘zbekiston aholisiga yarim yilda qancha ipoteka krediti berilgani ochiqlandi

O‘zbekiston aholisiga yarim yilda qancha ipoteka krediti berilgani ochiqlandi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

Olmaotada o‘zbekistonliklar o‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha hukm o‘qildi

Olmaotada o‘zbekistonliklar o‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha hukm o‘qildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »