Bugun,

  • USD12634.34
  • RUB162.37
  • EUR14821.34

UzAuto Motors kompaniyasi avtomobillarni yetkazib berish jarayonlarini tezlashtirish maqsadida Chevrolet Damas va Labo avtomobillarini ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish dasturini yakunladi.

Foto: "Daryo" / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, endilikda amalga oshirilgan chora-tadbirlar ushbu talabgir modellarning ishlab chiqarish hajmini yiliga 150 ming donaga bosqichma-bosqich oshirish imkonini beradi, bu esa o‘z navbatida yetkazib berish muddatiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi.

Zavodning ishlab chiqarish quvvatini bosqichma-bosqich oshirish 2016-yildan buyon ishlab chiqarish hajmini deyarli 5 barobar ko‘paytirishga imkon berdi. UzAuto Motors’ning Xorazm filialida ishlab chiqarishni optimallashtirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha olib borilgan tizimli ishlar 2022-yilga kelib ishlab chiqarish hajmini 93 000 dan ortiq avtomobilga oshirdi (2021-yilga nisbatan qariyb 30 foizga ko‘p).

UzAuto Motors 2021-yilda ishlab chiqarish hajmini oshirish dasturi doirasida Pitnak shahrida yangi press-syexni ishga tushirdi. 1 gektardan ortiq hududda yo‘lga qo‘yilgan ishlab chiqarish, maksimal quvvatga erishgandan so‘ng har yili 12 ming tonna metall listdan Chevrolet Damas va Labo modellari uchun 7 million donagacha turli shtamplash kuzov qismlarini ishlab chiqarish imkonini beradi. 

Butlovchi qismlarni mahalliylashtirish, ayrim komponentlarni dekontenting qilish (arzonroq variantiga almashtirish) va ishlab chiqarish jarayonlarini unifikasiya qilish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar importni qisqartirgan holda ishlab chiqarish hajmini oshirishga imkon beradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
O‘zbekiston

O‘zbekistonning olis va chekka hududlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv markazi ochadigan yoshlarga foizsiz qarz beriladi

O‘zbekistonning olis va chekka hududlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv markazi ochadigan yoshlarga foizsiz qarz beriladi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
O‘zbekiston

“Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

“Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »