Bugun,

  • USD12634.34
  • RUB162.37
  • EUR14821.34

Yevropada 31-yanvar, dushanba kuni tunda 2022-yilgi qishki transfer oynasi yopildi. “Daryo” dedlayn kunining so‘nggi soatlarida amalga oshirilgan transferlarni ushbu sahifa orqali yoritib bordi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

“Nyukasl” “Brayton” himoyachisi bilan shartnoma imzoladi

“Nyukasl” “Brayton” markaziy himoyachisi Den Bernni sotib olganini e’lon qildi.

“Qarg‘alar” 29 yoshli ingliz futbolchisi bilan 2024-yilning iyuniga qadar shartnoma imzoladi.

“Liverpul” futbolchisini “Fulhem”ga ijaraga berdi

Foto: “Fulhem”

Foto: “Fulhem”

“Fulhem” “Liverpul” himoyachisi Neko Uilyamsni mavsum oxirigacha ijaraga oldi.

39 yoshli Jermeyn Defo “Sanderlend”ga qaytdi

Foto: “Sanderlend”

Foto: “Sanderlend”

“Sanderlend” klubi hujumchi Jermeyn Defo bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

Defo bungacha 2015—2017-yillarda ham “Sanderlend”da o‘ynagan.

“Everton” Dele Allini sotib oldi

“Everton” “Tottenhem” yarim himoyachisi Dele Allini sotib olganini e’lon qildi.

Mersisaydliklar 25 yoshli angliyalik futbolchi bilan 2024-yilning iyunigacha shartnoma imzoladi.

Avvalroq “Everton” Allini tekinga qo‘lga kiritishi xabar qilingandi. Qayd etilishicha, Alli klub safida 20 ta o‘yinda maydonga tushganidan keyin 12 mln yevro to‘lash haqidagi band faollashadi.

Bundan tashqari, kelishuvda yarim himoyachining o‘yin darajasiga qarab katta miqdordagi bonuslar ham ko‘rsatilgan.

“Barselona” tez orada Obameyang transferini e’lon qiladi

Hujumchi Pyer-Emerik Obameyang yaqin soatlarda “Arsenal”dan “Barselona”ga tekinga o‘tadi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Kataloniya klubi 32 yoshli gabonlik futbolchining transferi haqida seshanba kuni ertalab e’lon qiladi, deya xabar beradi jurnalist Gilem Balage.

“Barselona” umumiy dedlaynga amal qilishi shart bo‘lmagan, boisi klub Obameyangni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olgan

Manbaga ko‘ra, katalonlar hujumchi bilan bir yarim yilga shartnoma tuzadi.

38 yoshli Goran Pandev “Parma”ga yo‘l oldi

Hujumchi Goran Pandev “Jenoa”dan “Parma”ga o‘tdi.

“Parma” 38 yoshli futbolchining transferini e’lon qildi, shartnoma mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan.

“Yuventus” Aaron Remzidan qutildi

Foto: “Reynjers”

Foto: “Reynjers”

Yarim himoyachi Aaron Remzi “Yuventus”ni tark etdi.

31 yoshli uelslik futbolchi mavsum oxirigacha ijara asosida “Reynjers” safiga qo‘shildi.

Shuningdek, Glazgo klubi yarim himoyachini sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Jovani Lo Chelso “Vilyarreal”ga o‘tdi

Yarim himoyachi Jovani Lo Chelso “Tottenhem”dan “Vilyarreal”ga ijara asosida o‘tdi.

Ingliz klubi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchi mavsumning qolgan qismini ispan klubida o‘tkazadi.

“Nyukasl” yana bir nomdor bo‘lmagan futbolchi transferini e’lon qildi

Foto: “Nyukasl”

Foto: “Nyukasl”

Himoyachi Mett Target “Aston Villa”dan “Nyukasl”ga o‘tdi.

26 yoshli futbolchi “qarg‘alar” safida mavsum oxirigacha ijara asosida o‘ynaydi.

“Tottenhem”ning yana bir o‘yinchisi Ispaniyaga yo‘l oldi

“Tottenxem” yarim himoyachisi Brayan Hil “Valensiya”ga yo‘l oldi.

20 yoshli futbolchi mavsumning qolgan qismini ispan jamoasida o‘tkazadi.

“Barselona” darvozaboni Inyaki Penya “Galatasaroy”ga o‘tdi

Klublar futbolchining ijarasi borasida kelishib olgan. Turkiya klubi futbolchini sotib olish huquqiga ega bo‘lmaydi. Darvozabonning ijara muddati uchun maoshini “Galatasaroy” to‘laydi.

“Manchester Siti” Argentina chempionatining eng yaxshi to‘purarini o‘z safiga qo‘shib oldi

Foto: Twitter

Foto: Twitter

“River Pleyt” hujumchisi Xulian Alvares “Manchester Siti”ga o‘tdi.

Ingliz klubi 22 yoshli argentinalik futbolchi bilan 5 yarim yillik shartnoma imzolaganini ma’lum qildi. Alvares kamida iyulgacha “River Pleyt”da ijara asosida o‘ynashda davom etadi.

Avvalroq “shaharliklar” Xulian uchun bonuslar va soliqlarni hisobga olgan holda 18,5 million yevro to‘lashi xabar qilingandi.

Alvares o‘tgan mavsum Argentina chempionatida 20 o‘yinda maydonga tushib, 18 gol va 6 golga assistentlik qilgan. U turnirning eng yaxshi to‘purariga aylangandi.

“Yuventus” Denis Zakariyani o‘z safiga qo‘shib oldi

Yarim himoyachi Denis Zakariya “Borussiya M”dan “Yuventus”ga o‘tdi.

Transferni nemis klubi e’lon qildi. “Borussiya M” va “Yuventus” barcha hujjatlarni imzolagan, futbolchi Turinda tibbiy ko‘rikdan o‘tgan.

Fabritsio Romanoga ko‘ra, Italiya klubi shveysariyaliklar uchun 5+3 million yevro to‘laydi.

Tangi Ndombele “Lion”ga qaytdi

Foto: “Lion”

Foto: “Lion”

“Lion” “Tottenhem” yarim himoyachisi Tangi Ndombele 65 million yevroga sotib olish huquqi bilan 1,42 million yevroga ijaraga olganini e’lon qildi. Klub, shuningdek, Romen Fevr bilan 2026-yilgacha shartnoma imzolaganini ma’lum qildi.

“Yuventus” yarim himoyachilari “Tottenhem”ga o‘tdi

Foto: Twitter

Foto: Twitter

“Yuventus” yarim himoyachi Rodrigo Bentankur va hujumkor yarim himoyachi Deyan Kulushevskining “Tottenhem”ga o‘tganini e’lon qildi.

“Tottenhem” uruyvaylik futbolchining transferini 19 million yevro (6 million yevro bonus ham nazarda tutilgan) sotib olgan bo‘lsa, Kulusevski 2023-yilning yozigacha ijaraga olingan.

“Liverpul” himoyachisini ijaraga berdi

Mersisaydliklar jamoa himoyachisi Nataniel Fillipsni ijara asosida mavsum oxirigacha “Bornmut”ga jo‘natdi.

“Everton” Donni van de Bekni ijaraga oldi

Foto: “Everton”

Foto: “Everton”

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Donni van de Bek ijara asosida “Everton”ga o‘tdi. U Mersisayd klubi uchun muvaffaqiyatli tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va mavsumning qolgan qismini “Everton” safida o‘tkazadi.

Manbaga ko‘ra, “Everton” ijara shartnomasiga ko‘ra futbolchining to‘liq maoshini to‘lab beradi. Shuningdek, “Manchester Yunayted”ga ijara uchun ham alohida summa to‘laydi.

Eriksen katta futbolga qaytdi

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Kristian Eriksen katta futbolga qaytdi. U APLning “Brentford” klubi bilan 6 oylik shartnoma imzoladi. Avvalroq kelishuvning yana bir yilga uzaytirilishi mumkinligi to‘g‘risida ham xabarlar yangragandi.

“Byornli” Niderlandiya terma jamoasi futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi

“Volfsburg” hujumchisi Vout Vegorst “Byornli”ga o‘tdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Ingliz klubi niderlandiyalik 29 yoshli futbolchi bilan 3,5 yillik shartnoma imzolagan.

Sky Sports ma’lumotlariga ko‘ra, Vegorst uchun 12 million funt sterling atrofida pul sarflangan.

“Galatasaray” “Fiorentina” o‘yinchisini ijaraga oldi

“Fiorentina” yarim himoyachisi Erik Pulgar Turkiyaning “Galatasaroy” klubiga ijaraga berildi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira Twitter’da xabar berdi.

28 yoshli Pulgar Chilining “Antofagasta” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yarim himoyachi 2019-yildan beri Italiyada o‘ynab kelayotgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport

“Bu xotiralarni hech qachon unutmayman” — Eldor Shomurodov “Roma” bilan xayrlashdi

“Bu xotiralarni hech qachon unutmayman” — Eldor Shomurodov “Roma” bilan xayrlashdi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Iqtisodiyot

O‘zbekiston aholisiga yarim yilda qancha ipoteka krediti berilgani ochiqlandi

O‘zbekiston aholisiga yarim yilda qancha ipoteka krediti berilgani ochiqlandi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

Olmaotada o‘zbekistonliklar o‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha hukm o‘qildi

Olmaotada o‘zbekistonliklar o‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha hukm o‘qildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »