Bugun,

  • USD12634.34
  • RUB162.37
  • EUR14821.34

Aktyorlar ijrosi, qiyofasi, film sujetidan tortib, interyer, libos va mayda detallarning mukkammal ekani sabab, turk seriallari muxlislari soni yildan-yilga ortib bormoqda. Serial qahramonlari nafaqat Turkiyada balki, butun dunyoda mashhurlikka erishayotgani, xalqaro mukofotlarga loyiq deb topilayotgani ham sir emas. Quyida eng mashhur va muxlislar sevgisiga sazovor bo‘lgan turk seriallari juftliklari haqida ma’lumot beramiz.

Sulton Sulaymon va Xurram sulton — “Muhtasham yuz yil” 2011-yil

Foto: Kinoteka

Foto: Kinoteka

Sulton Sulaymon va Xurram sultonning go‘zal sharqona sevgi qissasiga asoslangan serial, 50 dan ortiq mamlakatlarda efirga uzatilgan. Betakror kostyumlar, saroy fitnalari va bir-biridan go‘zal qizlar ishtirok etgan ushbu serial millionlab muxlislar qalbidan joy olgan. Film 2014-yilda tugatilgan bo‘lishiga qaramay, Maryam Uzerli muxlislar uchun Xurram, Xalit Ergench esa Sulton Sulaymon bo‘lib qolgan.

Omer va Defna “Ijaraga sevgi” 2015-yil

Foto: Kinoteka

Foto: Kinoteka

Romantik komediya uslubida suratga olingan ushbu serial bir qancha mamlakatlarda muvaffaqiyatga uchragan. Serialning emotsional va yorqin juftligi e’tibordan chetda qolmagan. Kulgili sahnalar, sof sevgi aks ettirilgan film, rang-barangligi bilan tomoshabinlar mehriga sazovor bo‘lgan. Ko‘rkam aktyor Barish Arduch va jozibali aktrisa Enchin Sangu rolini qoyillatib ijro qilgan.

Omer va Elif “Pul va gul” 2014-yil

Foto: Kinoteka

Foto: Kinoteka

O‘zida bir qancha janrni jamlagan mazkur serial ham bir qancha mamlakatlarda sevib tomosha qilingan. Undagi qahramonlar Elif va Omer, fojiali vaziyat sabab uchrashib, yaxshi-yomon kunlarda birga bo‘lishiga to‘g‘ri keladi. Engin Akyurek va Tuba Byukustun serialda bir-biriga mos sevishganlar rolini gavdalantirgan.

Yaman va Mira “Oqim” 2013-yil

Foto: Kinoteka

Foto: Kinoteka

Turk yulduzlari Chag‘atay Ulusay va Serenay Sariqaya suratga tushgan “Oqim” seriali efirga uzatilishi bilan darhol mashhurlikka erishgan. O‘smirlarning sevgi va munosabatlariga asoslangan mazkur drama turli mamlakatlarda translyatsiya qilingan. Shundan keyin serialdagi aktyorlarga bo‘lgan takliflar soni yanada oshgan.

Kamol va Nixon “Sevgi iztirobi” 2015-yil

Foto: Kinoteka

Foto: Kinoteka

“Sevgi iztirobi” nafaqat Turkiyada, balki jahonning boshqa mamlakatlarida sevib tomosha qilingan seriallardan. Ko‘p qismli ushbu ijod namunasi, Amerikaning “Emmi” mukofotiga loyiq deb topilgan. Asosiy juftlik rolini gavdalantirgan Burak O‘zchivit va Neslixon Otagulga esa butun dunyodan muxlislik qila boshlangan.

Behlul va Bihter “Taqiqlangan sevgi” 2008-yil

Foto: Kinoteka

Foto: Kinoteka

Ikki fasldan iborat mazkur serial sujeti va bosh qahramonlar munosabati tomoshabinlarning ekran qarshisidan jilmasligiga sabab bo‘lgan. Filmda turli insonlar taqdiri va hayotga bo‘lgan qarashlari mahorat bilan birlashtirilgan. Ushbu film namoyishidan keyin Beren Saat va Kivanch Tatlitug‘ xalqaro mukofotlarni qo‘lga kiritgan.

Jan va Sanam “Tong qushi” 2018-yil

Foto: Kinoteka

Foto: Kinoteka

Romantik komediya janridagi ushbu serial ikki mavsum davomida ham eng yuqori reytingni qayd qilgan. Serial 2018-yilda, Google’da rus sigmentidagi foydalanuvchilar tomonidan eng ko‘p qidirilgan seriallardan biri bo‘lgan. Serialda rolga berilib ketgan aktyorlar hayotda ham bir-biriga iliqlik his qilgan va uzoqqa bormagan munosabatlarni boshdan kechirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo

Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
O‘zbekiston

O‘zbekistonda qancha elektromobil borligi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda qancha elektromobil borligi ma’lum bo‘ldi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

 Isroil HAMASning 6 ta yuqori martabali dengiz qo‘mondonini yo‘q qilganini e’lon qildi

 Isroil HAMASning 6 ta yuqori martabali dengiz qo‘mondonini yo‘q qilganini e’lon qildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »