Bugun,

  • USD12634.34
  • RUB162.37
  • EUR14821.34

Turk kinosanoatining muxlislari uchun mashhur aktyor va aktrisalar ijrosida qanday filmlar suratga olinishi kutilayotgani haqida ma’lumot beramiz.

“Ilohiy tartib”

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Kuzda ekran yuzini ko‘rishi rejalashtirilayotgan “Ilohiy tartib” tarixiy seriali qiziqarli va o‘ziga xos bo‘lishi kutilmoqda. Film ssenariysi “Ertug‘rul: Tirilish” ssenariysi muallifi Serdar O‘zanalan tomonidan yozilgan. Sujet Buyuk Saljuqiylar davlati va Hasan Sabbah o‘​rtasidagi kurash haqida hikoya qiladi. Unda asosiy rollardan birini Bugra Gulsoy ijro etadi.

“Agentimga qo‘ng‘iroq qiling”

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Mazkur serial xuddi shu nomli fransuz serialining remeyki bo‘ladi. Voqealar rivoji nufuzli aktyorlik agentligi faoliyati bilan bog‘liq bo‘ladi. Unga ko‘ra, agentlik boshqaruvchilari mijozlari bilan shartnoma tuzilishi uchun har narsaga qo‘l uradi. Serialni tomosha qilish orqali mashhurlikka erishish oson emasligiga guvoh bo‘lish mumkin. Eng qizig‘i esa serialning har bir qismida turk yulduzlari o‘z rollarini ijro qiladi. Boshidagi qismlarda Tuba Buyukustun va Xalit Ergench paydo bo‘lishi kutilmoqda.

“Barbarossa”

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

2020-yil kuzining eng kutilgan seriallaridan biri bo‘lgan “Barbarossa”da o‘zbek tomoshabinlariga “Ichkarida” serialidagi Sarp roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan Chagatay Ulusoy bosh qahramonni gavdalantiradi. Tarixiy janrda suratga olinishi kutilayotgan ushbu filmda rol ijro qilish uchun Chagatay allaqachon tayyorgarlikni, vazn to‘plash va soqol qo‘yishni boshlab yuborgan. Sujet avvalida qaroqchilik bilan shug‘ullangan turk flotining bosh qo‘mondoni bilan bog‘liq vaziyatlar gavdalantiriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo

Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
O‘zbekiston

O‘zbekistonda qancha elektromobil borligi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda qancha elektromobil borligi ma’lum bo‘ldi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

 Isroil HAMASning 6 ta yuqori martabali dengiz qo‘mondonini yo‘q qilganini e’lon qildi

 Isroil HAMASning 6 ta yuqori martabali dengiz qo‘mondonini yo‘q qilganini e’lon qildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »