Bugun,

  • USD12699.14
  • RUB162.16
  • EUR14847.83

“Sevgi iztirobi”, “Ishq sohillari” va ekran yuzini ko‘rganiga ko‘p bo‘lmagan “Elchining qizi” filmlarida bosh qahramon obrazini gavdalantirib, millionlab muxlislar qalbidan joy olgan Neslihan Atagul haqida siz bilmagan faktlarni havola etamiz.

Foto: Haber 356

Foto: Haber 356

1. Neslihan tabiiy ko‘rinishni yaxshi ko‘radi va shu sabab ham ortiqcha bo‘yanmaslikka harakat qiladi.

2. Aktrisa kartoshkadan tayyorlangan taomlarni yaxshi ko‘radi, mazkur sabzavotdan tayyorlangan taomni xush ko‘rishi bolaligi va buvisi bilan bog‘liq.

3. Turmush o‘rtog‘i Kadir Do‘gulu ham aktyor sifatida yaxshi ma’lum. Juftlik “Ishq sohillari” filmining suratga olish jarayonida tanishgan.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

4. Aktrisaning bo‘yi 168 sm, vazni esa 54 kg. U qomatini saqlash uchun hech qanday parhez tutmaydi, shunchaki faol hayot tarziga amal qiladi. Sport bilan shug‘ullanish hamda basketbol o‘ynashni yoqtiradi.

5. Yolg‘izlikni, odamlar ko‘zidan uzoq bo‘lishni yaxshi ko‘radi, shuning uchun ham turmush o‘rtog‘i bilan ta’tillarni mashhur turk kurortlarida o‘tkazmaydi. Juftlik, asosan, tabiat qo‘ynida chodir qurib yoki o‘rmonlarda kuchugi bilan birgalikda sayohat qilishni xush ko‘radi.

6. 2006-yilda suratga olingan “Birinchi sevgi” filmi aktrisaning kinodagi debyuti bo‘lgan.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

7. Onasi belarus bo‘lgani uchun Neslihan rus tilida bemalol gaplasha oladi.

8. “Katta Lebovski” aktrisaning sevimli filmlaridan biri hisoblanadi.

9.  Aktrisada klaustrafobiya, ya’ni yopiq va tor joylardan qo‘rqish bor.

Izoh
Asosiy yangiliklar
O‘zbekiston

Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
O‘zbekiston

Toshkentda aholi bank kartalaridan pul o‘g‘irlagan jinoiy guruh fosh etildi

Toshkentda aholi bank kartalaridan pul o‘g‘irlagan jinoiy guruh fosh etildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
O‘zbekiston

“Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

“Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »