Bugun,

  • USD12634.34
  • RUB162.37
  • EUR14821.34

Xitoyning Dongfeng kompaniyasi Surxondaryo viloyatida zamonaviy avtomobil zavodi qurishni taklif qildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Ma’lum qilinishicha. 17-may kuni viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Dongfeng Liuzhou Motor kompaniyasi — Dongfeng Motor Group sho‘ba korxonasining Sindao avtomobil tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari Fu Xao boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi.

Tomonlar loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini chuqur o‘rganish va uni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun mutaxassislar ishtirokida kengaytirilgan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishga kelishib oldi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Viloyat hokimligi tomonidan e’lon qilingan suratlarga ko‘ra, Xitoy kompaniyasi elektr furgonlar, mini yuk mashinalari va ko‘p maqsadli transport vositalarining (MPV) bir nechta modellarini taqdim etgan.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

May oyi boshida Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanida hozirda Damas va Labo ishlab chiqarilayotgan zavodda “bozorda katta talabga ega arzon” avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi. Loyiha 100 million dollar hisobiga amalga oshirilib, uning doirasida Yevro-5 standartidagi 7 o‘ringa mo‘ljallangan avtomobillar ishlab chiqariladi.

Prezident mutasaddilarga joriy yilda hamkorlar bilan muzokarani yakunlab, 2026-yilda yirik uzelli yig‘ish (SKD) usulida ishlab chiqarishni boshlashni topshirdi. Shuningdek, 2027-yilda ishlab chiqarishni to‘liq siklga o‘tkazish hamda mahalliylashtirishni 50 foizga olib chiqish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

“O‘zavtosanoat”ning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, yangi model maqsadli iste’molchilarning istak va ehtiyojlarini inobatga olgan holda tanlanadi. Ayni paytda texnik xususiyatlarning mahalliy foydalanish sharoitlariga mosligi, ishonchliligi va qulayligi bo‘yicha potensial avtomobil modellari o‘rganilmoqda.

UzAuto Motors Chevrolet Damas va Labo avtomobillarini ishlab chiqarishni to‘xtatishni rejalashtirmayapti

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
O‘zbekiston

O‘zbekistonning olis va chekka hududlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv markazi ochadigan yoshlarga foizsiz qarz beriladi

O‘zbekistonning olis va chekka hududlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv markazi ochadigan yoshlarga foizsiz qarz beriladi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Dunyo

AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
O‘zbekiston

“Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

“Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »