Biz haqimizda

XXI asr – axborot asri. Unda odamlar axborot oqimida yashaydi. Shuni inobatga olib, biz loyiha nomini “Daryo” deb nomladik.

“Daryo” – bu jahonda va O‘zbekistonda sodir bo‘layotgan eng so‘nggi yangiliklarni o‘zbek o‘quvchilariga sodda va tushunarli tilda hamda tezkor yetkazib berishga mo‘ljallangan internet-nashrdir.

“Daryo” — O‘zbekistondagi eng ommabop internet-nashr bo‘lib, unga har kuni 90 000 kishi tashrif buyuradi.

“Daryo” hozirda yoshlar uchun qiziqarli bo‘lgan jahon va mahalliy yangiliklar, mobil qurilmalar va boshqa turdagi gadjetlar, shou-biznes olami, avto va sport yangiliklarini o‘z ichiga olgan. Bundan tashqari, saytda “Kun tarixi”, “Bilasizmi?” va “Iqtiboslar” nomli bloklar ham mavjud.

“Daryo” internet-nashri OAV sifatida 0944 raqami bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lib, uning egasi Simple Networking Solutions MChJ hisoblanadi.

“Daryo” OAVning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqida guvohnoma

“Daryo” OAVning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqida guvohnoma

Boshiga chiqing