Ukraina o‘z front chizig‘ini xorijiy qurol ishlab chiqaruvchilar uchun sinov maydoni sifatida taklif etmoqda. Bu haqda mahalliy Brave1 mudofaa klasteri xabar berdi.

Endilikda xorijiy kompaniyalar o‘z mahsulotlarini Ukrainaga yuborib, ularning ishlatilishi bo‘yicha onlayn ko‘rsatmalar taqdim etadi. Ukraina harbiylari esa bu texnikani real jang sharoitida qo‘llab ko‘radi va ishlab chiqaruvchilarga tafsilotli hisobotlar yuboradi.
Mazkur tashabbus doirasida Test in Ukraine nomli maxsus platforma ishga tushirilgan. U orqali xorijiy hamkorlar dronlar, radioelektron kurash vositalari, razvedka va nazorat tizimlari, shuningdek, sun’iy intellekt asosidagi texnologiyalarni bevosita jang maydonida sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ukrainaning raqamli transformatsiya vaziri Mixail Fedorovga ko‘ra, bu platformaning maqsadi — urush taqdirini o‘zgartira oladigan ilg‘or texnologiyalarni yaratish uchun xalqaro hamkorlarni jalb qilishdir.
Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri front hududida sinab ko‘rishi mumkin. Bu esa ularga real vaqt rejimida o‘zgarishlar kiritish va mahsulotni takomillashtirish imkonini beradi
Ukraina — mudofaa innovatsiyalari tug‘iladigan makondir. Bu yerda zamonaviy urushga yondashuvlarni o‘zgartiradigan tajriba va bilim shakllanmoqda. Aynan shu yerda yangi texnologiyalarni sinab ko‘rish maqsadga muvofiqdir, deya ta’kidladi Brave1.
Izoh (0)