Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 21-iyulda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 79,98 so‘mga pastlab, 12 578,21 so‘m bo‘ldi;
- yevro 38,62 so‘mga tushib, 14 633,49 so‘m bo‘ldi;
- rubl 1,13 so‘mga pastlab, 160,31 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi 100 so‘mdan ortiq pastlab, 12 658,19 so‘m bo‘lgandi. Ushbu valyuta kursi so‘nggi marta 4-iyulda 12 600 so‘mdan tushgandi. Dollar rasmiy kursining yil boshidan buyon eng past qiymati 24-iyunda 12 410,99 so‘mni tashkil etgandi.
Izoh (0)