Kataloniyaning “Barselona” klubi futbolchisi Lamin Yamal Xitoydagi bir teleko‘rsatuvda barcha davrlarning eng yaxshi futbolchilardan iborat ramziy jamoasini ma’lum qildi. 18 yoshli futbolchining tanlovi dunyo futbolining mashhur yulduzlaridan iborat bo‘lib, unda Ispaniya, Braziliya, Fransiya, Argentina va Portugaliyadan taniqli futbolchilar o‘rin olgan.

Yamal tomonidan tuzilgan “Orzular jamoasi” quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Darvozabon: Iker Kasilyas (Ispaniya)
- Himoyachilar: Dani Alvesh (Braziliya), Jerar Pike (Ispaniya), Serxio Ramos (Ispaniya), Marselo (Braziliya)
- Yarim himoyachi: Zinedin Zidan (Fransiya)
- Hujumchilar: Lionel Messi (Argentina), Krishtianu Ronaldu (Portugaliya), Ronaldinyo (Braziliya), Neymar (Braziliya), Ronaldo (Braziliya)
Yamal 2023-yildan beri “Barselona”ning asosiy jamoasida to‘p surmoqda. U klub safida hozirgacha La Liga, Ispaniya Kubogi, Ispaniya Superkubogi hamda yana bir mahalliy turnirda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, u 2024-yilgi Yevropa chempionatida Ispaniya terma jamoasi bilan zafar quchdi. Hozirda Yamal nafaqat “Barselona”, balki butun jahon futbolida eng istiqbolli yosh iqtidorlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
Izoh (0)