Ispaniyaning “Real Madrid” klubi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini har ikki yilda bir marotaba o‘tkazish tashabbusini ilgari surdi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda. Biroq FIFA hozircha bu taklifni kun tartibiga kiritishni rejalashtirmayotgani aytildi.

Manbaga ko‘ra, so‘nggi musobaqada “Real Madrid” muxlislari chiptalar savdosining 25 foizini tashkil qilgan. Klub rahbariyati esa turnirni tez-tez o‘tkazish orqali o‘zining global mashhurligi va tijoriy salohiyatidan maksimal darajada foydalanishni ko‘zlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati finalida Londonning “Chelsi” klubi Parijning “PSJ” jamoasini mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. “Real Madrid” esa musobaqaning yarim final bosqichida aynan “PSJ”ga 0:4 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
Mazkur mavsum “Real” uchun sovrinsiz yakunlandi. La Liga va Ispaniya Kubogi g‘olibligi “Barselona”ga, Chempionlar Ligasi esa “PSJ”ga nasib etdi.
Izoh (0)