Xolmo‘min Yodgorov Sudyalar oliy kengashi raisi lavozimiga 5 yil muddatga saylandi. Bu haqda “Daryo” manbasi maʼlum qildi.

Oliy Majlis Senati kengashi tomonidan prezident taqdimiga binoan, Xolmo‘min Yodgorovni Sudyalar oliy kengashi raisi lavozimiga qayta saylash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Xolmo‘min Yodgorov 2020-yil 10-avgustdan beri Sudyalar oliy kengashiga raislik qilib keladi. Masʼul vakolat muddati tugagani sabab qayta saylangan.
Maʼlumotlarga ko‘ra, kengash raisi 2017-yil maydan 2020-avgustgacha Oliy sud raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Izoh (0)