O‘zbekiston 6 oyda chet davlatlardan 9,4 million dollarlik muzqaymoq xarid qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, 2025-yilning yanvar iyun oylarida O‘zbekiston 13 ta xorijiy davlatdan qiymati 9,4 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 1 824 tonna muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilgan. Bu ko‘rsatkichlar o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 440 tonnaga yuqoridir.

Rossiya va Qozog‘iston eng yirik yetkazib beruvchi bo‘lib, yarim yilda 1 476 tonna mahsulot eksport qilgan. Shu bilan birga, import hajmining o‘sishi mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun ichki bozorda raqobatni kuchaytiradi.
2025-yilning 6 oyida O‘zbekistonga eng ko‘p muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlari yetkazib bergan davlatlar:
Rossiya — 828 tonna;
Qozog‘iston — 648 tonna;
Xitoy — 187 tonna;
Belarus R. — 73 tonna;
Fransiya — 33 tonna;
Boshqa davlatlar — 55 tonna.
Izoh (0)