Ukraina mudofaa vaziri Denis Shmigal Avstraliya va’da qilgan M1A1 Abrams tanklarining katta qismi yetkazib berilganini tasdiqladi. Ukraina qurolli kuchlari qolgan jangovar texnikalarni ham kutmoqda.

“Jo‘natilgan 49 ta tankning aksariyati allaqachon Ukraina armiyasida xizmatga kirishdi. Oxirgi partiya kelgusi oylar ichida yetib keladi,” degan vazir.
Shmigalga ko‘ra, qabul qilib olingan tanklar partiyasi 245 million Avstraliya dollari qiymatdagi harbiy yordam paketiga kiradi. Mazkur paket Kanberra tomonidan keng ko‘lamli urush boshidan buyon Ukrainaga ajratilgan 1,5 milliard dollarlik harbiy yordamning bir qismidir.
“Biz Avstraliya hukumatining qat’iy yordami va Ukrainani og‘ir damlarda yelkama-yelka qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdormiz,” dedi u.
Avstraliya hukumati AQSHda ishlab chiqarilgan M1A1 Abrams tanklari Ukrainaga topshirilganini tasdiqladi. Mazkur partiyaning qiymati 160 million Avstraliya dollarini tashkil etadi. Qolgan jangovar mashinalar tez orada yetkaziladi.

Kiyev ittifoqchisidan bu tanklarni 2024-yil fevral oyida so‘ragan edi. Biroq ushbu jangovar mashinalarning ishlab chiqaruvchisi hisoblangan AQSHdan ruxsat olish zarurati sabab jarayon biroz kechikdi.
Izoh (0)