Gongkongga tropik siklon — Vifa to‘foni yopirildi. Tabiiy ofat sabab rasmiylar maktabdagi darslar va yuzlab reyslarni bekor qildi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

20-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, to‘fon Gonkongdan 60 kilometr janubi-sharqda harakatlanmoqda. Shaharning sharqiy qirg‘oqlarida ulkan to‘lqinlar kuzatilayotgani ma’lum qilingan. Meteorologik observatoriyaning ta’kidlashicha, hozirda shamolning o‘rtacha tezligi soatiga 118 kilometr va undan yuqori. Mutaxassislar shaharda 10-darajali ogohlantirish e’lon qilib, tayfun “Gongkong uchun sezilarli xavf” tug‘dirishini bildirgan.
To‘fon xavfi sabab qo‘shni Xitoyning Xaynan va Guandun provinsiyalari ham shay holatga keltirilgan. 20-iyulga o‘tar kechasi to‘fon Makao va Chjuxay shaharlari tomon yo‘l olgan. Prognoz qilinishicha, bo‘ron g‘arbga harakatlanishda davom etib, shu hafta oxirida Vyetnamga yetib boradi.
Gonkong aeroportining ma’lum qilishicha, noqulay ob-havo tufayli 500 ga yaqin reys bekor qilinib, 400 ga yaqin parvoz kechiktirilgan.
Izoh (0)