Londonning “Chelsi” klubi yetakchisi, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Koul Palmer “Real Madrid”ga o‘tishi mumkin. Maʼlumotlarga ko‘ra, futbolchining transferiga shaxsan “qirollik klubi” bosh murabbiyi Xabi Alonso qiziqish bildirgan.

Mutaxassis Palmerni “Yevropa futbolining eng katta kashfiyotlaridan biri” deb atab, o‘z taktik sxemasiga mos futbolchi deb hisoblaydi va uni jamoasining muhim bo‘g‘ini sifatida ko‘rmoqda. Ayni vaqtda 22 yoshli yarim himoyachi va “Chelsi” o‘rtasida tuzilgan shartnoma 2033-yilgacha amal qiladi. Uning transfer qiymati taxminan 120 million yevroga baholanmoqda.
Biroq Koul “Chelsi”ning “sotilmaydigan” futbolchilari ro‘yxatida turibdi. Palmer London klubining yangi mavsum uchun tuzgan rejasining asosiy figuralardan biri hisoblanadi. Shuningdek, uni o‘tgan mavsum ko‘rsatgan yorqin o‘yini “Chelsi”ning ajralmas futbolchisiga aylantirdi. Klubga yaqin manbalar “qirollik klubi”ning Palmer bo‘yicha urinishi haqida “deyarli imkonsiz transfer” deya izoh bergan.
Izoh (0)