Angliya Premyer Ligasi 2030-yilgacha O‘zbekistonda Setanta Sports telekanali orqali namoyish etiladi. Bu haqda telekanalning rasmiy Telegram kanalidagi podkastda ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Setanta Sports Angliya Premyer Ligasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda ko‘rsatish huquqini 2030-yilga qadar uzaytirgan. Bundan tashqari, kuchli beshlik chempionatlarining (La Liga, Bundesliga, A Seriya, Liga 1) qolganlari ham katta ehtimol bilan aynan shu telekanalda efirga uzatilishda davom etadi.
Qolaversa, “Daryo” manbasiga ko‘ra, yaqin yillarda Angliya Premyer Ligasi translyatsiyalari o‘zbek tilidagi sharh bilan ham berilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Setanta Sports 2022-yildan buyon O‘zbekiston hududida Angliya Premyer Ligasi o‘yinlarini namoyish etib kelmoqda. Ungacha bu huquq UzReport va Futbol TV kanallariga tegishli bo‘lgan. Ular 2017-yildan 2022-yilga qadar APL hamda La Liga doirasidagi bahslarni translyatsiya qilgan.
Izoh (0)