Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli va Taxtako‘pir tumanlarida ishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, fuqaro E.S. fuqaro D.B.ni “U.T.” AJga qarashli Xo‘jayli tumanida joylashgan kompressor stansiyasiga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 3 000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Taxtako‘pir tumanida fuqarolar I.A. va K.B. fuqaro Z.O.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Qoraqalpoq davlat universitetiga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 1 800 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Xorazmda IIBga ishga kiritib qo‘yish uchun 6 000 dollar so‘ragan DUK mutaxassisi ushlangan edi.
Izoh (0)