Fransiya Milliy assambleyasining huquqiy komissiyasi Emmanuel Makronni lavozimidan chetlatish uchun France Defiant partiyasi tomonidan boshlangan jarayonga qarshi chiqdi.
France Defiant partiyasi prezident "Yangi Xalq fronti"dan birlashgan so‘llar vakili Lyusi Kasteni bosh vazir etib tayinlashdan bosh tortgach, uning iste'fosini talab qildi.
Makronning impichmenti uchun yuridik komissiyadagi ovozlar soni 15 ta “ma’qul” va 54 ta “qarshi”ga bo‘lingan.
Shu tariqa, so‘llar boshlagan jarayon to‘xtatildi. Reglamentga ko‘ra, endi faqat barcha deputatlik guruhlari rahbarlarining roziligigina uni ko‘rib chiqishni parlamentda davom ettirish imkonini beradi.
Buning uchun ikki hafta vaqt ajratilgan, shundan so'ng so‘llar taklifining taqdiri nihoyat hal qilinadi.
Izoh (0)