Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammitida qatnashish uchun Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Toshkent xalqaro aeroportida uni bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi. Qisqa suhbatdan so‘ng, oliy martabali mehmon o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga jo‘nab ketdi.
Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan IHT sammitida ishtirok etish uchun bunga qadar Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailov, Pokiston bosh vaziri Anvar ul-Haq Kakar, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘on, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon poytaxtga yetib kelgani xabar qilingan edi.
9-noyabr kuni IHT sammitida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish hamda ushbu ko‘p tomonlama tuzilma faoliyatini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)