Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Serhasham, oddiy, sershovqin va sokin Rim manzaralari

Italiya davlatining poytaxti Rim shahri hisoblanadi. Poytaxt Rim provinsiyasi va Latsio viloyatining ma’muriy markazi. Uning g‘arbiy qismida Vatikan shahar-davlati joylashgan. Rim dunyodagi eng qadimiy va tarixiy hamda madaniy yodgorliklarga boy shaharlardan bo‘lib, "mangu shahar" nomini olgan. Bu zamindagi har bir tosh 2000 yillar avval yaltirab sayqallangan bo‘lib, har kim o'tishi kerak bo‘lgan tirik tarix kitobidir. Abadiy shahar haqida gapirilganda, Sezar, gladiatorlar, Kolizey, Rim papasi va Vatikan, ulug‘vor xarobalar, qadimiy Panteon, bizga zamonamizning deyarli barcha uy-ro‘zg‘or buyumlari, falsafa, rasm va adabiyotni bergan qudratli Rim imperiyasi yodga olinadi. Rim uzoq vaqtdan beri shunchaki shahar va Italiyaning poytaxti bo‘libgina qolmay, butun insoniyat uchun kuch-qudrat maskaniga aylangan, unda 2000 yil orqaga qaytib, hammasi qanday boshlanganini ko‘rish mumkin.

“Daryo” fotomuxbiri ushbu qadimiy shaharda bo‘lib u yerdagi qizg‘in hayot tarzini kadrlarga muhrladi.

Rim haqida qiziqarli faktlar
  • Rim tarkibida alohida davlatga (Vatikan) ega yagona shahar
  • Vatikan dunyodagi eng mitti davlat
  • Rim 7 ta tepalik ustiga qurilgan
  • Trevi favvorasiga sayyohlar yiliga o‘rtacha 1,5 million yevro tashlashadi
  • Rim gerbidagi SPOR qisqartmasining ma’nosi Senatus Populus Que Romanus — Senat va Rim xalqini bildiradi
  • Avliyo Pyotr sobori dunyoning eng yirik cherkovi emas, biroq u dunyoning tarixdagi eng yirik nasroniylik cherkovi
  • Qatl etilgan gladiatorlar qoni bilan bepushtlikni davolashga harakat qilishgan
  • Burgutsimon burun egalari aql va yetakchilik ramzi sifatida ulug‘langan
  • Rimda spagetti muzeyi bor
  • Qadim Rimda ayollarning shaxsiy ismi bo‘lmagani qayd etiladi
  • Qadimda rimliklar qo‘l bilan ovqatlangan
  • “Barcha yo‘llar Rimga olib boradi” atamasining kelib chiqishiga V asrgacha Rim imperiyasida 85 ming kilometrdan ortiq yo‘llar barpo etilgani sabab, deb qaraladi
  • Rimliklar shoshmaslik tarafdori. Bu jihatdan ular o‘zlarining ajdodlariga o‘xshaydi. Ular hech qayerga shoshmasdan borishni sevishadi
Made on
Tilda