Rossiya TIV rahbari Markaziy Osiyodagi hamkorlarni “g‘arbliklar o‘rnatayotgan hamkorlik sxemalarini tanqidiy qabul qilishga” chaqirdi.
“G‘arb davlatlari Markaziy Osiyo mintaqasiga gumanitar va harbiy yo‘l bilan kirib borishga harakat qilmoqda”, — dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
“Bugun biz G‘arbning Markaziy Osiyoga, jumladan, gumanitar va harbiy sohalarga zo‘rlik bilan kirib borishga qaratilgan qasddan urinishlariga guvoh bo‘lyapmiz”, — deb qo‘shimcha qildi Rossiya diplomatiyasi rahbari.
Shuningdek, u G‘arb davlatlarining geosiyosiy muhandislari tomonidan ilgari surilayotgan taraqqiyotga ko‘maklashish dasturlari, aslida, o‘zlari uchun Markaziy Osiyo mintaqasining “siyosiy va iqtisodiy yo‘nalishini nazorat qilish va qayta formatlash vositalari” ekanligini ta’kidladi.