Xorazmdagi ixtisoslashgan maktab qariyb 100 mln so‘mlik tenderni noqonuniy o‘tkazdi
Prezident ta’lim muassasalari tizimidagi Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tuman davlat ixtisoslashtirilgan maktabi 12—19-may kunlari boshlang‘ich qiymati 94 million 812 ming so‘mlik tender o‘tkazgan. “Daryo” muxbiri hujjatlarni monitoring qilish davomida ushbu xaridda noqonuniy holatni aniqladi.

Tender turli o‘lchov va mazmundagi 19 xil stend (ko‘rgazmali qo‘llanma) tayyorlash xizmatini o‘z ichiga olgan edi. G‘olib korxona 10 kun ichida oynali stendlarni yetkazib berishi kerak.

Lotni yutib olish uchun 4 ta tadbirkorlik subyekti raqobatlashdi. Komissiya a’zolarining yakuniy baholariga ko‘ra, tenderni “Renessans Islohotlari“ MChJ yutib olgan. Shartnoma summasi 92 million 654 ming so‘m. “Manaviyatchi Yoshlar Faoliyati” MChJ esa ikkinchi o‘rin bilan zaxira yetkazib beruvchi etib belgilangan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, g‘olib korxona — “Renessans Islohotlari”ning ikki nafar ta’sischisi mavjud bo‘lib, ular Boriyeva Latofat To‘ychi qizi hamda Do‘stmuhammedov Botirjon Bahodir o‘g‘li hisoblanadi.

Shubhalisi, tenderda ularga “raqobat” uyushtirgan “ma’naviyatli“ tadbirkorlik subyekti — “Manaviyatchi Yoshlar faoliyati”ning ta’sischilari ham aynan yuqoridagi insonlar hisoblanadi.
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning 68-moddasida esa “Tender ishtirokchisi faqat bitta taklif berishga haqli” ekani yozib qo‘yilgan.
Mas’ullardan ushbu tender natijalariga e’tibor qaratib, noqonuniy holatlar yuzasidan chora ko‘rishni so‘raymiz.
Vaisbek Atanazarov
Xiva shahridagi Prezident maktabi direktor o'rinbosari sifatida shuni bildirmoqchimanki, maqola sarlavhasida Prezident maktabi nomini yolg'on ma'lumotni shov-shuv ko'tarish maqsadida foydalanganligingiz maktabimiz imidjiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Qo'shko'pir tumanidagi ixtisoslashgan maktabining nomiga Xiva shahridagi Prezident maktabi nomi va logosining hech qanday aloqasi yo'q. Shu sababli xabar sarlavhasini o'zgartirishingiz va tushunmovchilikni hal qilishingizni so'rayman.