Qachonlardir Bornshtedt tepaliklarida o‘sgan asrlik emanlar Fridrixning otasi, askar-qirol Fridrix Vilgelm I tomonidan qo‘porib tashlangan. Aynan uning davrida Potsdam muhim garnizon shaharga aylangan edi. 1744-yilda Buyuk Fridrix uzumzorlar barpo ettirib, o‘zi va mehmonlari uchun bir qavatli saroy qurdiradi. Faylasuf qirol o‘zining gugenot o‘qituvchilari sharofati bilan fransuz tilini mukammal bilgan. Hayot va o‘lim borasidagi qarashlari tufayli 33 yoshidayoq saroy qurilishidan avval tepalikda o‘zining qabri uchun joy ajratadi. Sayrlaridan biri u mana shu joyni ko‘rsatib “Quand je serai là, je serai sans souci” — “Men u yerda bo’lganimda, betashvish bo‘laman”, deydi. Ibora yakunda saroyning nomiga aylandi. Qirol bu yerda tashvishlardan xoli, saroy yumushlaridan uzoq, ayollar va xattoki umr yo‘ldoshidan ham ayri umr kechirgan.