Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda pedofillarga nisbatan kimyoviy kastratsiya jazosini qo‘llash yuzasidan qonunchilikka o‘zgartirish kiritish vaqti keldi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonov Telegram’dagi kanalida yozib qoldirdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Agar bu masala dunyo tajribasisiz bo‘lmaydi, qayda bor bu jazo, desangiz Qozog‘iston, Ukraina, Germaniya, Norvegiya, Shvetsiya, Daniya, Isroil, Janubiy Koreya, Fransiya, AQSH va hokazo davlatlarni ko‘ring. Ularda bor ekan bu jazo. Xitoy, Lotin Amerikasi davlatlari, Saudiya Arabistoni va Eronda birato‘la o‘ldirib yuborilar ekan”, — deya qayd etadi Allamjonov.

Avvalroq O‘zbekiston viloyatlarining biridagi oilaviy bolalar uyi rahbari uch nafar voyaga yetmagan tarbiyalanuvchini 10 oy davomida viloyat adliya boshqarmasi va tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshliqlari bilan jinsiy aloqada bo‘lishga majburlagani ma’lum bo‘ldi.

“Masalan, 2021-yilning mayida mudira hali 16 yoshga to‘lmagan R.ni tanishlaridan biri bilan yotishga majburlagan. Qiz buni istamasdan, qarshilik ko‘rsatgan, shunda mudira oshxonadan o‘qlovni olib kelib, qizning voyaga yetmagan ukasini boshqalar ko‘z-o‘ngida kaltaklay boshlagan. Qizning irodasini sindirgan ayol keyinchalik uni o‘zi buyurgan barcha erkaklar bilan yotishga majburlagan”, — deb yozadi “Nemolchi.uz”.

Sentabr oyida birinchi instansiya Mehribonlik uyi mudirasini Jinoyat kodeksining 135-(odam savdosi), 167-(o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddalari (mansab soxtakorligi) bilan aybli deb topib, 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish bo‘yicha hukm chiqargan.  

Adliya boshqarmasi va Favquldda vaziyatlar bo‘limi boshliqlari Jinoyat kodeksining 128-moddalari (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bilan aybli deb topilgan. Ular 1 yil 6 oy muddatida ozodlikni cheklash jazosiga tortilgan. 

O‘z navbatida Adliya vazirligi mazkur holatga munosabat bildirib, ushbu jinoiy figuranti bo‘lgan mansabdor lavozimidan ozod etilganini ma’lum qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda haj ziyoratiga borish uchun to‘lov miqdori e’lon qilindi
Mahalliy
O‘zbekiston va Jahon banki sheriklik dasturi 4 mlrd dollarlik loyihalarni o‘z ichiga olishi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Nabirasining jasadi oldida o‘tirgan bobo, o‘qqa tutilayotgan rossiyalik harbiylar, bo‘lajak to‘yini nishonlayotgan shahzoda —1-iyun suratlari