Ko‘pgina omillar — ham ichki, ham tashqi, sochlaringizga taʼsir qilishi va yillar davomida hajmdor, sog‘lom va serjilo sochlarni o‘zgartirishi mumkin. Soch rangi va tuzilishining o‘zgarishiga nafaqat qarish, balki stress, parhez, gormonlar, bo‘yash, soch uskunalaridan foydalanish, genetika va boshqalar ham olib keladi.
Soch uskunalaridan muntazam foydalanish
Sochingizni har kuni fen, dazmol va jingalak qilib issiq harorat bilan taʼsir qilish soch tolalarini cho‘zishi, uni ingichka, quruq bo‘lishiga olib keladi. Agar muntazam turli uskunalarsiz yura olmasangiz, bunday asboblaringizning yuqori sifatli ekanligiga ishonch hosil qiling. Keramika qoplamali modellarni, shuningdek, ionli tekislash texnologiyasiga ega modellarni tanlashga harakat qiling — bu asboblar anʼanaviylarga qaraganda pastroq haroratlardan foydalanadi. Soch turmagi uchun ko‘proq vaqt ajrating va jihozlarda maksimal harorat sozlamalarini ishlatmang.
Gormonal o‘zgarishlar
Homiladorlik paytida va tug‘ruqdan keyin sochlarning tuzilishi va zichligidagi o‘zgarishlar har bir onaga tanish. Ko‘pchilik ayollar homiladorlik vaqtida sochlari qalinroq va yorqinroq ko‘rinishidan xursand bo‘ladi. Bu estrogen, progesteron va prolaktinning yuqori darajasiga bog‘liq. Biroq tug‘ruqdan keyin bir necha oy o‘tgach, gormonlar darajasi normal darajaga qaytadi, bu esa “qo‘shimcha” sochlarning to‘kilishiga olib keladi.
Menopauza davrida, estrogen yetishmaydigan gormonga aylanganda, sochlarning zichligi va tuzilishi yaxshi tomonga o‘zgarmaydi: ular ingichka va siyraklashib qoladi. Vaziyatni faqat ginekolog buyurishi mumkin bo‘lgan gormonlarni almashtirish terapiyasi sifatida qo‘llaniladigan dorilar bilan tuzatsa bo‘ladi.
Qalqonsimon bez sochlarning ko‘rinishi va qalinligiga bevosita taʼsir qiladi. Gipoterioz sochlarning siyraklashishiga sabab bo‘ladi. Agar yetishmayotgan gormonlarni tashqaridan moslashtirsangiz, sochlarning zichligi tiklanishi va hatto, kulrang sochlarning rangini tiklash mumkin.
Maʼlumki, kimyoterapiyadan keyin 2-3 oy o‘tgach o‘sadigan sochlar, davolanishdan oldin tekis bo‘lishiga qaramay, birdaniga jingalak bo‘lib qolishi va aksincha, rangi o‘zgaradi. Odatda, vaqt o‘tishi bilan sochlar davolanishdan oldingi kabi bo‘ladi.
Umuman olganda, sochlar sog‘lig‘ingiz alomati. Agar ular ingichkalasha boshlasa yoki tuzilishini o‘zgartirsa, bu sizning organizmingizga nimadir sodir bo‘layotganligi haqida signal bo‘lishi mumkin. Trixologga boring va u bilan organizmning holatini o‘rganish variantlarini muhokama qiling.
Bo‘yash va oqartirish
Sochga rang beruvchi mahsulotlar soch tolalarining uyg‘unligini zaiflashtiradi va shunga mos ravishda soch tuzilishini o‘zgartiradi. Tez-tez bo‘yash yoki oqartirish sochlarning quruqroq, mo‘rt bo‘lishiga va shikastlangandek ko‘rinishga olib keladi. Bo‘yoqlarning zararli taʼsirini kamaytirish uchun oddiy formulalar yoki tabiiy bo‘yoqlarni tanlashga harakat qiling. Maxsus balzamlar va niqoblar bo‘yalgan sochlarning ko‘rinishini sezilarli darajada yaxshilashi mumkin. Ularni eʼtiborsiz qoldirmang.
Genetika va qarish
Soch tuzilishini aniqlaydigan yana bir omil genetikadir. Sochingiz qanday va qachon o‘zgarishini genlar aniqlaydi, ehtimol, sochingiz onangizniki bilan bir xil shakldadir. Yoshimiz ulg‘aygan sari soch follikulalari soch rangi uchun masʼul bo‘lgan kamroq melanin ishlab chiqara boshlaydi va biz kul rangga aylana boshlaymiz: bu “dastur” ham bizning genlarimizga kiritilgan.
Stress va noto‘g‘ri ovqatlanish
Tashvishlanish holatida yashash sochlarning ingichkalashiga, tuzilishi va ko‘rinishining o‘zgarishiga olib keladigan omillardan biridir. Misol uchun, baʼzi travmatik, og‘riqli hodisalardan so‘ng, sochlarning 70 foizigacha bo‘lgan qismi to‘kilib ketishi mumkin, bu esa telogen fazaga — yo‘qotish bosqichiga vaqtidan avval o‘tishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, bu darhol sodir bo‘lmaydi, lekin odam noxush hodisalarga duch kelganidan keyin uch oy ichida .
Protein yetishmovchiligi bo‘lgan parhez ham soch ko‘rinishiga eng yaxshi taʼsir ko‘rsatmasligi mumkin. Yam-yashil va porloq sochlar uchun siz to‘liq ovqatlanishingiz kerak, shuningdek, vaqti-vaqti bilan maxsus vitamin komplekslarini qabul qilishingiz kerak, bu haqda shifokor bilan maslahatlashish yaxshiroqdir.
Mavzuga doir: