Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 2023-yilda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirishga davlat budjetidan 4 trillion so‘m ajratiladi. Bu boradagi davlat dasturi prezident farmoni bilan tasdiqlandi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Hujjat bilan tashabbusli budjet amaliyotini hamda mahallalarning moliyaviy mustaqilligini kengaytirish belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra 2023-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun davlat budjetidan 8 trillion so‘m, shundan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari uchun 4 trillion so‘m yo‘naltiriladi.

Bundan tashqari, 2023-yilda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar dasturlari doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarni moliyalashtirish uchun davlat budjetidan 4 trillion so‘m ajratiladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi uch oy muddatda loyihalarni jamoatchilik fikri va “Ochiq budjet” portalida to‘plangan ovozlar asosida moliyalashtirishning samarali tizimini yaratishi va amaliyotga kiritishi lozim.

“Bunda, ovoz berish jarayonlarini xolis va maʼmuriy aralashuvlarsiz tashkillashtirishning aniq mexanizmlarini joriy qilishga alohida eʼtibor qaratilsin”, — deyiladi farmonda.

Fevral boshlarida Shavkat Mirziyoyev mahallalarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaxshilash uchun Toshkent shahriga 1,4 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirilayotganini maʼlum qilgandi. Undan oldinroq esa 2023-yili Namanganda infratuzilmani yaxshilashga 1,3 trillion so‘m yo‘naltirilishi aytilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonda o‘quvchilarga qo‘l ko‘targan o‘qituvchi videosini tarqatmaslik uchun 5 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
Shou-biznes
“Kimdir meni yo‘q qilmoqchi, ammo buni uddalay olmayapti”. Muyassar Razzoqova 6 yildan beri “zapret”da ekanligi hamda O‘zbekistondan ketish istagi haqida
Mehridaryo
“Hokimiyatga o‘zimni o‘ldiraman deb benzin ko‘tarib bordim, dardimni eshitishmadi” (video)