Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.
Aktrisa Dilnoza Kubayeva Turkiyada tushgan arxiv suratini va o‘ziga yoqqan she’rni muxlislariga taqdim etdi.
Vayner Bobur Mansurov kino kastinglaridan hech qachon o’ta olmagani, biroq buni hech kimga bildirmagani haqida gapirib berdi.
Aktrisa Zarina Nizomiddinova Moskva shahrida tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Qiziqchi Valijon Shamsiyev Yulduz Usmonovaga parodiya qildi.
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova navbatdagi “Shivir-shivir” deb nomlangan yangi taronasini muxlislariga taqdim etdi.
Aktrisa Yulduz Rajabova yangi surati bilan ko‘rinish berdi.
Xonanda Shohruxxon ashaddiy muxlisining uyiga borgani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.
Rayhon G‘aniyeva Tailanddagi yangi suratini muxlislariga ko‘rsatdi.
Xonanda Ozoda Nursaidova obunachilari soni 1 milliondan oshgani uchun YouTube’ning oltin tugmasiga sazovor bo‘ldi.
Xonanda Feruza Jumaniyozova folloverlariga yangi suratini namoyish qildi.
Instablogerlar zo‘ravonlik qurboniga aylanib, ayanchli o‘lim topgan 12 yoshli qizchaning xotirasiga bag’ishlab videorolik tayyorladi.
Xonanda Doston Ergashev bolaligida tushgan arxiv suratni e’lon qildi.
Malika Ravshanova turmush o‘rtog‘i unga yangi mashina olib bermoqchi ekanini aytdi.
Aktrisa Zarina Yo‘ldosheva inson yaxshi ko‘rishi va unutishi mumkinligini aytdi.
Xonanda Manzura Dubayda davolanayotganini, tuzalganidan so‘ng O‘zbekistonga qaytishini ma’lum qildi.
Xonanda Yulduz Turdiyeva san’at olamidagi yaqinlari: Munojot Yo‘lchiyeva, Dildora Rustamova, Zulayho Boyxonova, Gulsanam Mamazoitova bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.
“Aristokratlar” kulgi jamoasi a’zosi Jahongir Xo‘jayev Shohruxxonning “Oyjamol” nomli klipi uchun tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi.
Xonanda Yorqinxo‘ja Umarov Tailandda tushgan suratini obunachilariga ko‘rsatdi.
Xonanda Ziyoda farzandlarini maktab va bog‘chaga kuzatgani aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi.
Aktrisa Gulruh Pirnazarova hayotda “hayotim” deyilish emas, kimningdir hayoti bo‘lib yashash baxt ekanini aytdi.