Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralardan bosh tortmoqda, chunki u Rossiya rahbari tirikligiga shubha qiladi. Bu haqda Zelenskiy 19-yanvar kuni Davosdagi forum doirasida aytib o‘tdi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

“Bugungi kunda men kim bilan, nima haqida gaplashish kerakligini unchalik tushunmayapman. Ba’zi-ba’zida xromakey (matodan qilinib, foto va video syomka uchun mo‘ljallangan yashil rangdagi orqa fon)da ko‘rinish beradigan o‘sha Rossiya prezidenti haqiqatan ham o‘zi ekanligiga ishonchim komil emas. Uning tirikligini, qarorlarni uning o‘zi qabul qilishini yoki qarorlarni boshqa kimdir chiqarishini oxirigacha tushunmayman. Bu qanaqa shaxslar doirasi? Menda hech qanday ma’lumot yo‘q”, — dedi Ukraina prezidenti.

O‘z navbatida, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putinning tirikligini va qarorlarni o‘zi qabul qilayotganini gumon ostiga olgan Ukraina yetakchisining gaplariga javob qildi.

“Rossiya ham, Putin ham Ukraina va Zelenskiy uchun katta muammo ekanligi tushunarli. Ruhiy nuqtayi nazardan, Zelenskiy Rossiya ham, Putin ham bo‘lmasligini afzal bilishi ham tushunarli. Ammo Ukraina rejimi Rossiya va Putin borligini va bundan keyin ham mavjud bo‘lishini, ertami, kechmi Rossiyaga qarshi narsalardan voz kechishga to‘g‘ri kelishini qanchalik erta anglab yetsa, Ukraina kabi mamlakat uchun shunchalik yaxshi bo‘ladi”, — dedi Peskov.

Kremldagilar fikricha, Kiyev Rossiyaning “shundoq ham har qanaqasiga erishiladigan talablarini hisobga olishga tayyorligini qanchalik tez namoyon qilsa, hamma narsa shunchalik tez tugaydi va Ukraina xalqi Kiyev rejimi aybi bilan yuz bergan fojiadan keyin shunchalik tez qayta tiklash ishlariga kirishadi”.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi