Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya Markaziy saylov komissiyasi 2024-yilning mart oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi. Bu haqda mamlakat MSK rahbari Ella Pamfilova ma’lum qildi.

Foto: Global Look Press

Foto: Global Look Press

Pamfilovaning so‘zlariga ko‘ra, hozir MSK “prezident saylovoldi tashviqotiga e’tibor qaratgan holda” raqamli, uslubiy, tashkiliy va kadrlar tayyorlash ustida ishlamoqda. “Chunki biz hozirgi shart-sharoitlarda prezidentlik saylovlari qanday o‘tishini tushunamiz”, — dedi Pamfilova.

Rossiyada prezidentlik saylovlari 2024-yil 17-martda bo‘lib o‘tadi. Bundan avval, 2018-yil 7-may kuni Vladimir Putinning to‘rtinchi prezidentlik muddati boshlangandi. 2020-yilda Rossiya konstitutsiyasiga kiritilgan tuzatishlarga muvofiq 2024-yilda Putin yana prezidentlik uchun nomzodini qo‘yishi mumkin. 2021-yil oktabr oyida CNBC bilan intervyuda Rossiya rahbari kelgusi saylovlarda ishtirok etish bo‘yicha hali bir qarorga kelmaganini aytgandi.

“Kommersant”ning prezident ma’muriyatiga yaqin manbalari Kreml ichki siyosiy bloki Vladimir Putinning prezidentlik kampaniyasiga hozirdanoq tayyorgarlikni boshlagani haqida xabar bergandi. Manbalarning aytishicha, yaqinda ma’muriyat vakillari ekspertlar hamjamiyati bilan tegishli maslahatlashuvlar o‘tkazgan. Hozircha tayyorgarlik dastlabki xususiyatga ega: mafkuraviy tarkib hali aniq shakllantirilgani yo‘q, ammo taxminlarga ko‘ra, u birdamlik mavzusiga asoslanadi. Kreml vakillari 2023-yilgi hududiy saylovlarni diqqat bilan kuzatib, bo‘lg‘usi federal saylovlarda ularning tajribasini hisobga oladi.

Prezident saylovidan avvalgi so‘nggi hududiy saylovlar 2023-yil sentabriga belgilangan, “Kommersant” manbasi aytishicha, u ancha ko‘p sonli hududlarni o‘z ichiga oladi. Demak, hududiy saylovlarda ham texnologik, ham mazmuniy g‘oyalarni sinab ko‘rib, so‘ng ularni 2024-yilda ham qo‘llash mumkin bo‘ladi. Bu yil kamida 20 ta hududda gubernatorlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri saylovlari, 16 tasida esa qonunchilik majlislariga saylovlar bo‘lib o‘tishi kerak.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda 7-fevral kuni 20 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda 
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi