Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Argentina terma jamoasi safida Ispaniya chempionati vakillari ko‘pchilikni tashkil qildi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Janubiy Amerika vakillari finalda Fransiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib (3:3, 4:2), chempionga aylandi.

Argentina safidagi o‘n nafar futbolchi La Ligadan: Xeronimo Ruli, Xuan Foyt (ikkisi “Vilyarreal”), Xerman Pesselya, Gido Rodriges (ikkisi “Betis”), Gonsalo Montiyel, Markos Akunya, Papu Gomes (barchasi “Sevilya”), Nauel Molina, Rodrigo De Pol, Anxel Korrea (barchasi “Atletiko”).

Besh futbolchi Angliya Premyer Ligasidan: Emiliano Martines (“Aston Villa”), Kristian Romero (“Tottenhem”), Lisandro Martines (“Manchester Yunayted”), Aleksis Mak Allister (“Brayton”), Xulian Alvares (“Manchester Siti”).

Italiya A Seriyasidan to‘rt futbolchi: Paulo Dibala (“Roma”), Lautaro Martines (“Inter”), Anxel di Mariya, Leandro Paredes (ikkisi “Yuventus”).

Fransiya va Portugaliya chempionatlaridan ikki nafardan futbolchi: Nikolas Otamendi, Enso Fernandes (ikkisi “Benfika”); Nikolas Talyafiko (“Lion”) va Lionel Messi (“PSJ”).

Germaniya Bundesligasi (Eksekiel Palasios, “Bayer”) va AQSHning MLS’idan (Tiyago Almada, “Atlanta Yunayted”) bir nafardan. Shuningdek, Argentina chempionatidan ham bir nafar futbolchi qaydnomadan joy olgan: Franko Armani (“River Pleyt”).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Kino ijodkorlar tomonidan ishora qilingan, ammo ko‘pchilik payqamagan mashhur filmlardagi detallar (foto)
Dunyo
AQSH osmonida razvedkachi havo shari aniqlandi. Pentagon sharni Xitoyga tegishli deb hisoblamoqda (video)
Mahalliy
O‘zbekistonning qator hududlarida 4-fevral kuni ham yomg‘ir yog‘adi