Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda bir daqiqada 9 metr kvadrat cho‘llanish ro‘y bermoqda. Bu haqda Toshkent shahrida 5-dekabr kuni iqlim o‘zgarishlarining O‘zbekiston agrar sohasiga ta’siri mavzusida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Abduqahhor Qosimov.

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Dunyoda tabiiy resurslardan foydalanish ilmiy-tadqiqot instituti (WRI) tadqiqotlariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish shu zayl davom etaveradigan bo‘lsa, 2030-yilga borib O‘zbekiston dunyodagi 33 ta suv tanqis davlatlar qatoriga tushib qolishi mumkin.

Tadbirda ishtirok etgan qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning ma’lum qilishicha, harorat va yog‘ingarchilikning o‘zgarishi, suv toshqinlari, qurg‘oqchilik va boshqa ekstremal ob-havo hodisalarining ko‘payishi O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida allaqachon ekinlar hosildorligi va chorvachilik mahsuldorligiga ta’sir o‘tkazmoqda.
Bu aholining oziq-ovqat ta’minoti barqarorligiga xavf tug‘diradi. Tahdidlarga qarshi birga harakat qilishimiz kerak. O‘sib borayotgan iqlim tahdidlaridan sektorni himoya qilish tadbirlarini kuchaytirmasak, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, miqdori pasayishi, narxlarning ko‘tarilishi davom etaveradi, — deydi vazir.

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Aziz Voitovning qo‘shimcha qilishicha, iqlim muammolarining agrar oziq-ovqat sektori va iqtisodiyotga ehtimoliy ta’sirlari hali to‘liq ma’lum emas.

Iqlim o‘zgarishi dehqon, fermerlar va agrotadbirkorlarning daromadlariga salbiy ta’sir qiladi, — deydi u.

O‘zbekistonda suv tanqisligi muammosi

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti sarmoya bo‘limi iqtisodchisi Andriy Yarmak O‘zbekistonda artezian suvlardan ko‘p foydalanish bo‘yicha xavotirlarini bildirib, buning oqibatida mamlakatda ichimlik suvi tanqisligi kelib chiqishini aytgandi. Uning fikricha, yaqin yillarda O‘zbekistonda meva-sabzavot yetishtirishning o‘sish sur’atlari sekinlashishi, hatto kamayib ketishi mumkin.

Iqlimshunos Erkin Abdulahatov O‘zbekistonga xavf tug‘dira boshlagan suv tanqisligi va ekin yerlarining tez sho‘rlanishi haqida fikr bildirib, “ahvol anchayin xarob” ekanini aytib o‘tgandi. Uning qayd etishicha, tomchilatib sug‘orish tizimi keng yo‘lga qo‘yilmas, suvni tejashga intilish bo‘lmas ekan, suv va yer sho‘rlanishi bilan bog‘liq muammolar kuchayib boraveradi. Shuningdek, Erkin Abdulahatov “Daryo” muxbiri bilan suhbatda har yili ikkita Toshkent maydoniga teng hudud cho‘llashayotganini ta’kidlagandi.

“O‘zsuvta’minot” bosh mutaxassisi Anvar Muxamedaliyevning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda so‘nggi 15 yil ichida aholi jon boshiga yillik suv hajmi 3048 metr kubdan 1589 metr kubgacha kamaygan. Jahon bankining tahliliy ko‘rsatkichlariga ko‘ra, suvga bo‘lgan talabning kuchayishi hisobiga 2050-yilga borib O‘zbekistonda suv tanqisligi besh barobarga oshadi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ota bolasini, aka ukasini tanimaydi, chang-to‘zon, terlab-pishib har kim uloqni taqimiga bosish qayg‘usida” — Piskentdagi koʻpkaridan fotoreportaj
Mahalliy
O‘rta Chirchiqda 400 nafar o‘quvchi maktab binosi olib qo‘yilgani sabab darsga borolmayotgani xabar berildi. Zoir Mirzayev holatga eʼtibor qaratdi
Mahalliy
Turkiyadagi dahshatli zilzilada 3 419 kishi halok boʻldi — voqea tafsilotlari (video)