Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Eronning 1979-yilgi inqilobdan keyin qabul qilingan bosh qonuni qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Bu haqda mamlakat prezidenti Ibrohim Raisiy Konstitutsiya kuni munosabati bilan so‘zlagan nutqida ma’lum qildi, deb yozadi Al Hadath.

Ibrohim Raisiy

Ibrohim Raisiy
Foto: Global Look Press

Uning aytishicha, konstitutsiyasi “o‘zgaruvchan uslublar”ni ko‘zda tutadi va shunday tuzilganki, uni amalga oshirishda va mamlakat ishlarini boshqarishda hukumatga chorasiz vaziyatlardan chiqib ketish imkoniyatini beradi.

Raisiyning bayonotida mamlakatda sentabr o‘rtalaridan buyon davom etayotgan noroziliklar fonida yangradi, ularga esa kelib chiqishi kurd bo‘lgan 22 yoshli talaba Mahsa Aminiyning o‘limi sabab bo‘ldi.

4-dekabr kuni Eronda axloq politsiyasi tugatilgani ma’lum qilindi. “Axloq politsiyasining sud tizimiga hech qanday aloqasi yo‘q va u yopildi”, — dedi Eron bosh prokurori Muhammad Jafar Montazeri.

Bundan tashqari Eron hukumati ayollarning hijob o‘rashini talab qiluvchi qonunni o‘zgartirish ustida ish boshlagan.

“Parlament ham, sud tizimi ham shu masala ustida ishlamoqda”, — dedi bosh prokuror va bu organlar qonunni aynan qanday o‘zgartirishiga aniqlik kiritmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 30-noyabr kuni ekspertlar guruhi parlamentning madaniyat masalalari bo‘yicha komissiyasi bilan uchrashgan, “bir-ikki hafta ichida natijani ko‘ramiz”.

Eronda 1979-yilgi islom inqilobidan keyin ayollar uchun hijob o‘rash majburiy bo‘ldi, biroq ko‘plab eronlik ayollar bu talabni e’tiborsiz qoldirgan. 2022-yil iyul oyida Eron rasmiylari ularning nazdida hijobni noto‘g‘ri o‘ragan ayollarga nisbatan hijob va iffat to‘g‘risidagi qat’iy qonunni qabul qildi. Ayollarga sochlarini, bo‘yin va yelkalarini yopib turuvchi ro‘mol o‘rash shart etib belgilandi, axloq politsiyasi esa yangi qoidani buzganlarni hibsga olishni boshladi.

Sentabr oyining oxirida Eronda 22 yoshli Mahsa Amini hijobni “noto‘g‘ri” o‘ragani uchun axloq politsiyasi tomonidan hibsga olinganidan keyin vafot etishi ortidan norozilik namoyishlari boshlandi. Ular butun mamlakat bo‘ylab haligacha davom etmoqda. Namoyishlar kuch tuzilmalari tomonidan shafqatsizlik bilan bostirilmoqda.

Tartibsizliklar oqibatida, Eron Milliy xavfsizlik kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, allaqachon 200 dan ortiq odam halok bo‘lgan. Islom inqilobi posbonlari qo‘mondoni Serdar Gajizoda 300 nafar qurbon haqida, Iran Human Rights huquqni himoya qilish tashkiloti esa 448 nafar qurbon haqida ma’lum qilgan.

Eron oliy yetakchisi Ali Homeyniy avvalroq namoyishlar AQSH va Isroil tomonidan rejalashtirilganini aytgandi. Amerika prezidenti esa noyabrda Vashington “Eronni ozod qilishi” haqida gapirgandi. Bunga javoban, Raisiy Eron 43 yil avval — 1979-yilgi Islom inqilobi chog‘ida ozod etilganini ta’kidlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi kuchli zilzila: Vayronalar ostidan odamlar qidirilmoqda — fotoreportaj