Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yopiq siklli (sirkulyar) iqtisodiyotni rivojlantirishning afzalliklari va dunyo mamlakatlarining bu boradagi tajribasi tahlil qilindi. Bu haqda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

 

Yopiq siklli iqtisodiyot — bu qiymat yaratishning yangi usuli. Chiziqli modeldan farqli o‘laroq, yopiq siklli iqtisodiyotda mahsulotlar uzoq muddat foydalanish, takroran foydalanish va qayta ishlash uchun mo‘ljallanadi.

Butun dunyoda chiqindilarning hosil bo‘lish sur’ati yil sayin oshib bormoqda. 2020-yilda dunyoda jami 2,24 milliard tonna qattiq chiqindi hosil bo‘lgan. Uning atigi 17 foizi qayta ishlangan.

2050-yilga borganda aholining tez sur’atlar bilan o‘sishi va urbanizatsiya tufayli yillik chiqindilarning vujudga kelishi 2020-yildagiga qaraganda 73 foizga oshib, 3,88 milliard tonnaga yetishi kutilmoqda.

Shu bois dunyodagi qator mamlakatlar qattiq maishiy chiqindilarning hosil bo‘lishini kamaytirish va mahsulotlardan takroran foydalanish yoki ularni qayta ishlash uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘rmoqda.

Masalan, Niderlandiya 2030-yilga borib, resurslardan foydalanishni 50 foizga kamaytirish va 2050-yilga borib, chiqindilarsiz yopiq siklli iqtisodiyotga to‘liq o‘tishni maqsad qilgan.

Fransiyada esa 100 foiz yopiq siklli iqtisodiyotga o‘tishga oid 50 ta chora-tadbirni o‘z ichiga olgan Yopiq siklli iqtisodiyotning yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan.

O‘zbekiston ham mamlakatda yopiq siklli iqtisodiyotni tatbiq etish va rivojlantirishga harakat qilyapti.

2019-yilda qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlashning samarali va zamonaviy tizimini yaratishni nazarda tutuvchi “2019-2028 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasi” tasdiqlangan.

Strategiyada hosil bo‘ladigan qattiq maishiy chiqindilarning kamida 60 foizini qayta ishlashni ta’minlash, o‘ziga xos xususiyatga ega qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash hajmini 25 foizgacha oshirish va chiqindi poligonlarida ko‘mib yuboriladigan qattiq maishiy chiqindilar hajmini 60 foizgacha kamaytirish kabi maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish ko‘zda tutilgan.

Avvalroq O‘zbekistonning dunyo frilans bozoriga kirish imkoniyatlari baholangani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?