Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston maktablarida o‘quvchilarga yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish talab darajasida emas. Bu haqda senator Qutbiddin Burxonov Senatda bo‘lib o‘tgan yo‘l-harakati xavfsizligini ta’minlashga doir yig‘ilishda aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Qutbiddin Burxonov

Qutbiddin Burxonov
Foto: Senat

Qutbiddin Burxonovning ta’kidlashicha, avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha prezident qarori ijrosida bir qator kamchiliklar ko‘zga tashlanmoqda.

Qarorda Ichki ishlar vazirligi zimmasiga bog‘cha tarbiyalanuvchilari va maktab o‘quvchilarida yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarni shakllantirishga qaratilgan moddiy-texnik va o‘quv bazasini yaratish vazifasi yuklatilgan.

Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, joriy yilning 9 oyi davomida o‘n mingdan ortiq mavjud maktablarning bor-yo‘g‘i 588 tasiga (6 foiz) “Harakat xavfsizligi sinfxonalari” tashkil etilgan, xolos.

Bugungi kunda umumta’lim maktablarida o‘quvchilarga Yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish ishlari ham talab darajasida emas. Holbuki, qarorda o‘quv bazasini yaratish vazifasi aniq belgilab qo‘yilgan.

Ichki ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotda Yo‘l harakati qoidalarini bolalikdan singdirish maqsadini ko‘zlab, Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda maktab o‘quvchilari uchun Yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha darsliklar tayyorlanayotgani ma’lum qilingan. Qachon amalga tadbiq etilishi to‘g‘risida esa aniq ma’lumot berilmagan.

Avvalroq Qutbiddin Burxonov O‘zbekistonda yanvar—oktabr oylari davomida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalarida 1931 kishi halok bo‘lgani, shundan 223 nafari bolalar ekanini aytgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinning “Zelenskiyni o‘ldirmaslik” bo‘yicha bergan va’dasiga munosabat bildirdi
Sport
A Seriya. Eldor Shomurodovning debyut o‘yinida “Spetsiya” o‘zida “Napoli”ga yirik hisobda yutqazdi
Dunyo
Marsdan ham sovuqroq: AQSHda havo harorati tarixiy rekordni yangiladi (video)