Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining organizmida margimush izlari topildi, deb xabar berdi Saakashvilining advokati Shalva Xachapuridze.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

“Hali tirnoq analizlarini olganimiz yo‘q, ular bugun keladi, biroq telefonda ma’lum qilinishicha, o‘rganishlar natijasida yana bir modda – margimush aniqlangan”, — deya advokatning so‘zlaridan iqtibos keltirdi “Mtavari” telekanal.

Gruziyaning sobiq prezidenti qamoqxonada ikki marta ochlik e’lon qilish aksiyasi tufayli sog‘lig‘i yomonlashgani uchun 2022-yil may oyi o‘rtalaridan buyon Tbilisidagi “Vivamed” klinikasida yotibdi. Mixail Saakashvili derazalari panjarali palatada va qurollangan qo‘riqchilar nazoratida saqlanmoqda.

Noyabr oyi o‘rtalarida Saakashvilining advokatlari siyosatchining ahvoli yomonlashgani, jumladan, o‘ng qo‘li atrofiyaga uchragani haqida xabar bergandi. Bungacha shifokorlar uning 35 dan ortiq kasallik, jumladan, aqliy zaiflik va silga chalingani haqida gumon qilayotgani aytilgandi.

Siyosatchining onasi Giuli Alasaniya tibbiy hisobot natijalariga tayanib, 19-noyabr kuni Saakashvilining tanasida og‘ir metallar, jumladan simob, bor va talliy izlari topilganini ma’lum qilgan.

Saakashvilining tarafdorlari uning xorijda davolanishini talab qilib qator mitinglar uyushtirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ota bolasini, aka ukasini tanimaydi, chang-to‘zon, terlab-pishib har kim uloqni taqimiga bosish qayg‘usida” — Piskentdagi koʻpkaridan fotoreportaj
Mahalliy
Turkiyadagi dahshatli zilzilada 3 419 kishi halok boʻldi — voqea tafsilotlari (video)
Mahalliy
Angrenda 19 yoshli qiz o‘z joniga qasd qildi