Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Apple Xitoydagi Foxconn zavodidagi norozilik namoyishlari tufayli 6 million dona iPhone 14 Pro’dan mahrum bo‘lishi mumkin. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Ko‘p narsa Tayvanning Foxconn kompaniyasi odamlarni yig‘ish liniyalariga qanchalik tez qaytarishiga bog‘liq, dedi ular.

Tayvanning Fubon Research ma’lumotlariga ko‘ra, Foxconn dunyodagi eng yirik iPhone ishlab chiqaruvchisi bo‘lib, Apple smartfonlarining 70 foizini ishlab chiqaradi. 

Foxconn kompaniyasining Chjenchjoudagi zavodi dunyoda eng ko‘p terilgan iPhone 14 Pro va Pro Max smartfonlarining katta qismini ishlab chiqaradi. Bu esa oddiy iPhone 14 modellariga bo‘lgan talabning pasayishini bartaraf etdi.

Bloomberg eslatishicha, Apple bu yilgi umumiy ishlab chiqarish rejasini 90 dan 87 million donaga qisqartirgan. 

Shu oy boshida Apple va Foxconn o‘zlarining so‘nggi premium iPhone’larini yetkazib berish Xitoyning blokirovkasi tufayli kutilganidan past bo‘lishini ma’lum qilgandi. 

Endi ular Chjenchjou rejalashtirilganidan 6 million dona kamroq iPhone ishlab chiqarishini va 2023-yilda kamomad qoplanishni kutmoqda.

 

Mavzguga doir: Xitoydagi iPhone zavodida namoyishlar boshlandi, politsiya bilan to‘qnashuvlar yuz berdi (video)

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi kuchli zilzila: Vayronalar ostidan odamlar qidirilmoqda — fotoreportaj