Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin KXDR yetakchisi Kim Chen Inga javob xatida dunyoda misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar yuz berayotgan bir paytda mintaqa va butun jahonda barqarorlik va farovonlikka hissa qo‘shish uchun Pekinning Pxenyan bilan do‘stona aloqalarni saqlash va mustahkamlash istagi haqida ma’lum qildi. Bu haqda Shimoliy Koreyaning Markaziy telegraf agentligi xabar berdi.

Foto: Koreya Markaziy telegraf agentligi

Foto: Koreya Markaziy telegraf agentligi

23-oktabr kuni Kim Chen In Si Szinpinni Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi lavozimiga qayta saylangani bilan tabriklagandi. Si Szinpin Kim Chen Inga qutlov uchun minnatdorlik bildirib, bu Shimoliy Koreya yetakchisi, KXDR partiyasi va xalqi Xitoy-Koreya munosabatlariga katta ahamiyat berishini anglatishini ta’kidladi.

“Xitoy-Shimoliy Koreya aloqalari o‘ta muhim deb hisoblayman. So‘nggi yillarda men va o‘rtoq bosh kotib (Kim Chen In) bir necha marta uchrashib, bir qator jiddiy masalalarda umumiy anglashuvga keldik, ikki mamlakat munosabatlarini rivojlantirdik va tarixning yangi zarvaraqlarini ochdik, bu bilan esa Koreya yarim oroli muammosini siyosiy hal qilish jarayoniga turtki berdik, ayni paytda esa xalqlarimiz manfaatlarini hamda mintaqada va jahonda tinchlik va barqarorlikni kuch bilan himoya qildik”, — dedi Si Szinpin.

Si Szinpin 23-oktabr kuni Xitoy Kommunistik partiyasi bosh kotibiga aylangan edi. Bu uning partiya rahbarligidagi uchinchi muddati bo‘lib, ushbu lavozimni 2012-yil noyabridan buyon egallab kelmoqda. Bu shuningdek, uning KXDR raisi lavozimida qolganini ham anglatadi. Ammo uning raislikka rasman tasdiqlanishi kelasi yil martida Butunxitoy xalq vakillari majlisining yillik sessiyasida bo‘lib o‘tadi.

Si Szinpindan oldingi rahbarlar mamlakatni ikki martadan besh yil muddatga boshqargan edi. Biroq 2018-yilda Konstitutsiyaga mamlakatga cheklanmagan muddatda rahbarlik qilish imkonini beruvchi tuzatishlar kiritildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi