Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSH hukumati tomonidan Yevropadan AQSHga kompaniyalarni jalb qilish bo‘yicha rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar savdo urushini keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda fransuz makroiqtisodchisi, professor Olivye Blanshard ogohlantirdi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

AQSH hukumati dasturlarida kompaniyalarni Atlantika okeanining narigi tomoniga jalb qilish uchun ajratilayotgan subsidiyalar jiddiy tashvish uyg‘otmoqda. Men savdo urushi ro‘y berishidan qo‘rqaman, — dedi iqtisodchi Le Monde gazetasiga bergan intervyusida. 

Blanshardning so‘zlariga ko‘ra, zavodlar AQSHga ko‘chib o‘tish uchun ishlab chiqarishni yopsa, Fransiya va boshqa mamlakatlar o‘z sanoatini himoya qilish uchun javob choralarini ko‘radi. 

Bunday savdo urushi barchaga qimmatga tushadi, — deya ogohlantirdi u. 

Iqtisodchining fikricha, bunday ssenariy jahon iqtisodiyotida integratsiyaga tayangan rivojlanayotgan davlatlar uchun haqiqiy falokat bo‘lishi mumkin.

O‘tgan hafta Fransiya va Germaniya Yevropa sanoatini raqobat qoidalarini buzuvchi yangi AQSH qonunchiligi ta’siridan himoya qilish uchun birgalikda ishlashga kelishib oldi. 

Fransiya—Germaniya iqtisodiy muzokaralari yakunlari bo‘yicha 22-noyabr kuni so‘zga chiqqan Fransiya Iqtisodiyot vaziri Bruno Le Maire Yevropa Ittifoqi vakillari 5-dekabr kuni Vashingtonga tashrif buyurib, AQSHning Inflyatsiyani pasaytirish to‘g‘risidagi qonuni yuzasidan Yevropaning xavotirlarini bildirgandi. 

U Yevropa Ittifoqi hamkorlarini Yevropa sanoatini samarali himoya qila oladigan choralarni qabul qilishdan voz kechmaslikka chaqirdi. 

Diplomatik kuzatuvchilarga ko‘ra, AQSHning yevropaliklar manfaatlarini buzuvchi qonunchiligi masalasi ham kelasi hafta rasmiy tashrif bilan Amerika poytaxtiga jo‘nab ketadigan Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Vashingtondagi muzokaralarining asosiy mavzularidan biri bo‘ladi.

 

Mazvuga doir: 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi