Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida bedarak yo‘qolgan ayolning murdasi Qirg‘izistondan topildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ayolning eri SH.X. 22-noyabr kuni Farg‘ona tumani IIBga murojaat qilib, unda turmush o‘rtog‘i I.X. shu kuni soat 03:00 larda hech bir sababsiz yashash xonadonidan noma’lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmasdan bedarak yo‘qolganini ma’lum qilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida bedarak yo‘qolgan ayolning murdasi 24-noyabr kuni Qirg‘izistonning Botken viloyati, Qadamjoy tumani, Halmiyon qishlog‘idan oqib o‘tgan beton ariqdan topilgan.

Sud tibbiy ekspertizasi tomonidan 24-noyabr kuni marhuma I.X.ga nafas yo‘llarining suv bilan to‘lishi natijasida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya, boshining peshona tepa sohasida lat, yara va yumshoq to‘qimasiga qon quyilishlar dastlabki tashxisi qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi