Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Oila a’zolarni mazali shirinliklar bilan xursand qilish uchun oshxonada ko‘p vaqt sarflash shart emas. Olma, shokolad va murabbo qo‘shib tayyorlanadigan pirogni 30 daqiqa ichida tayyorlash mumkin.

Foto: “Profil”

Foto: “Profil”

Kerakli mahsulotlar:

  • tayyor xamir — 250 gramm;
  • sutli shokolad — 90 gramm;
  • olma — 1 dona;
  • murabbo — 2 osh qoshiq;
  • sut — 1 osh qoshiq;
  • yong‘oq — 20 gramm. 
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Olma yuvilib, qirg‘ichdan o‘tkaziladi.
  2. Tayyor xamirga un sepilib, uzun qilib yoyiladi.
  3. Xamir markaziga shokoladni qo‘yib, o‘lcham bo‘yicha xamirning ikki tomoni kesib chiqiladi.
  4. So‘ngra shokoladni olib, avval olma, ustidan murabbo va shokolad qo‘yiladi.
  5. Xamirning ikki cheti masalliqlar ustidan o‘rib chiqiladi.
  6. Xamir yuzasiga sut surtilib, maydalangan yong‘oq sepiladi.
  7. Pirog 200 daraja pechda 15-20 daqiqa davomida pishirib olinadi.
Yoqimli ishtaha!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi
Mahalliy
Qamchiq dovonida neft mahsuloti ortilgan maxsus yuk mashinasi ag‘darilib ketdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 22-mart kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi