Ayni kunlarda O‘zbekiston qamoqxonalarida 26 mingdan ziyod mahkum saqlanmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishida aytib o‘tildi.
Unda ta’kidlanishicha, ayni paytda O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan 54 ta jazoni ijro etish koloniyasidan 18 tasi yopiq turdagi, 25 tasi manzil koloniya va 11 tasi tergov hibsxonalar hisoblanadi.
Jazoni ijro etish tizimida 26 mingdan ortiq, shundan 8 mingdan ortig‘i manzil koloniyada, 18 mingdan ortiq mahkumlar boshqa turdagi koloniyalarda jazo muddatini o‘tamoqda.