Ehtimol, ko‘pchilikni kechki payt qanday filmni tomosha qilish kerak, degan savol qiynar. Harper’s Bazaar Kazakhstan nashri kino ixlosmandlariga 2022-yilning eng kutilgan yangi filmlar ro‘yxatini taqdim etdi.
“Hukmdor ayol”
1800-yillarda Dagomey qirolligida sodir bo‘lgan haqiqiy voqealardan ilhomlangan ushbu tarixiy doston ayol jangchilarning yetakchisi haqida hikoya qiladi. Ularning barchasiga G‘arbiy Afrika qirolligini dushmanlardan himoya qilish vazifasi yuklangan. Ular o‘z vazifalarini muvaffaqiyatli bajara oladimi? Buni kinoni tomosha qilib, bilib olish mumkin.
“Sariq soch”
Merilin Monro suratga tushmasidan avval qanday bo‘lgan? Unga aqlbovar qilmas shon-shuhrat qanday ta’sir qildi? Gollivudning eng mashhur yulduzi sifatida qayta tug‘ilgan Ana de Armas “Sariq soch” filmida bu haqda aytib beradi.
“Armageddon vaqti”
Amerika orzusi — bu 80-yillarda Kvins oilasi erishmoqchi bo‘lgan maqsad. Biroq unga boradigan yo‘l oson bo‘lmaydi.
“Fabelmanlar”
Urushdan keyingi davrda Arizonada ulg‘aygan yosh ambitsiyali rejissor kino cho‘qqilariga intiladi. Agar uning ismini eshitsangiz, u muvaffaqiyatga erishganmi yoki yo‘qmi, darhol tushunasiz.
“O‘g‘il”
Aslida ota haqidagi ushbu prekvelda Xyu Jekmanning qahramoni oila va ish o‘rtasidagi muvozanatni topish uchun kurashadi.
“U dedi”
Film sujeti #MeToo harakati qanday tug‘ilgani va uning kelib chiqishida kim turgani haqida hikoya qiladi.
“Oq shovqin”
Bu baxtsiz hodisa natijasida nafaqat oilasini, balki butun dunyoni qutqarishi kerak bo‘lgan ota haqida hikoya.
“Ayollar gapirmoqda”
Qolish va jang qilish yoki qochish? Diniy jamiyat ichida qolgan bu ayollar tanlov qilishlari kerak.
“Chiroqlar imperiyasi”
Voqealar 80-yillarda bo‘lib o‘tgan. Makon qirg‘oqdagi ingliz shaharchasida joylashgan eski kinoteatrdir. Hozircha bilish mumkin bo‘lgan narsa shu.
“Kit”
Ichki his-tuyg‘ulari tufayli qizi bilan aloqani yo‘qotgan erkak hamma narsani tuzatishga harakat qilmoqda.
“Bobil”
Gollivud yulduzi bo‘lish uchun olov va suvdan o‘tish kerak. Shuningdek, mavqeyi va xarakteridan qat’i nazar, odamlar bilan muloqot qilishni o‘rganish lozim.
Mavzuga doir: