AQSH, Buyuk Britaniya va Avstraliya harbiylari Amerikaning Moxave cho‘lida (Kaliforniya) mashg‘ulotlar o‘tkazib, Yevropada Rossiya qo‘shinlariga qarshi jangovar harakatlar olib borishni mashq qildi. Bu haqda Times gazetasi xabar berdi.
Project Convergence mashg‘ulotlari ikkita bosqichda o‘tkazilgan, dastlab Tinch okeani orolidagi faraziy qarama-qarshilik, so‘ng esa Yevropada quruqlikdagi urush mashq qilingan.
Qayd etilishicha, ikkinchi bosqich Amerikaning Kaliforniya shtatidagi Fort Irvin bazasida bo‘lib o‘tgan, unda 450 nafar britaniyalik harbiylar qatnashgan. Tashkilotchilar aytishicha, Moxave cho‘lining relyefi Ukraina dashtliklarini eslatadi.
Mashg‘ulotlar chog‘ida uchta mamlakat harbiylari yangi jangovar texnikani sinovdan o‘tkazgan.
Oktabr oxirrog‘ida AQSH 80 yil ichida birinchi marta Yevropaga 4,7 ming harbiydan iborat “Baqiroq burgutlar” diviziyasini joylashtirgani xabar berilgan edi. Diviziya qo‘mondoni aytishicha, nizo kuchaygan yoki NATOga hujum bo‘lgan taqdirda, u Ukraina hududiga kirishga tayyor turadi.
Mavzuga doir:
- Bayden: “AQSH qo‘shinlari Yevropada uzoq vaqt qoladi”
- Finlyandiya NATOga Rossiya bilan chegaraga yadro quroli joylashtirishga ruxsat beradi — OAV
- NATO bosh kotibi Putinning Ukrainaga qarshi urushda g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘yilmasligini aytdi
- AQSH yangilangan yadro bombalarini Yevropaga jo‘natish muddatini oldinga surdi. Ular dekabrda keltiriladi