Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hozirda turk seriallari butun dunyo tomoshabinlarining e’tiboriga tushdi. Ularda rol ijro etgan aktrisa va aktyorlar ham mahorati bilan millionlab muxlislarga ega bo‘ldi. Muxlislar orasida turk aktrisa va aktyorlarining tashqi ko‘rinishi bilan bog‘liq ma’lumotlardan tortib shaxsiy hayotidagi sirlarni bilishni istaydi. Tomoshabinlar orasida teleloyihalarga bo‘lgan talabga qaramay, turk aktrisalari shaxsiy hayoti tafsilotlarini oshkor qilishni istamaydi. Wday nashri mashhurlikka erishgan aktrisalarning uyi aks etgan suratlarni taqdim etdi.

Foto: Wday

Foto: Wday

Hande Erchel

“Eshigimni qoq” seriali 2020-yilda dunyo bo‘ylab muxlislarning qalbidan joy oldi, shuningdek, unda rol ijro etgan aktyor va aktrisalar ham muvafaqqiyatga erishdi. Serial yulduziga aylangan turk aktrisasi Hande Erchel qahramoni Eda Ildiz rolini mahorat bilan ijro etgani tufayli derazalari ko‘p, “shisha” deb ataladigan ikki qavatli villaga ega bo‘ldi. Qasr Istanbulning boy aholisi yashaydigan tumanida joylashgan. Uyning ichkari qismida sokin ranglar va minimalizm interyeri mavjud.

Foto: “Yandeks.ru”

Foto: “Yandeks.ru”

Shunisi e’tiborga loyiqki, aktrisa o‘z uyidagi hamma narsani eng mayda tafsilotlarigacha sinchkovlik bilan o‘ylab ko‘rgan va dizaynerlar jamoasini boshqargan. Bundan tashqari, Erchel uyni bezatgan rasmlarning bir qismini o‘zi chizgan. Aktrisaning did bilan bezatilgan villasi 1 million dollardan ortiq narxga baholangan.

Foto: Wday

Foto: Wday

Demet O‘zdemir

Demet O‘zdemir Istanbulda hashamatli villa sotib olgan turkiyalik aktrisalardan biri hisoblanadi. “Taqdirli uy” teleserialining suratga olish jarayonlari tugagandan so‘ng, aktrisa o‘z uyini obodonlashtirish bilan shug‘ullangan. Bunda unga obunachilar yordam berishdi, chunki ijtimoiy tarmoqlardagi auditoriyaning kattaligi tufayli Demet me’morlar va turli dizayn brendlarini hamkorlikka jalb qila oldi.

Foto: “Yandeks.ru”

Foto: “Yandeks.ru”

Demet uyini o‘rab turgan yashil hududga eng ko‘p e’tibor beradi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, bog‘ uning sevimli joyi bo‘lib, u yerda o‘zi bilan vaqt o‘tkazishi mumkin.

Foto: Instagram /@demetozdemir

Foto: Instagram /@demetozdemir

Maryam Uzerli

“Muhtasham yuz yil” serialidagi Xurram Sulton roli bilan ko‘plab muxlislariga tanish bo‘lgan aktrisa Maryam Uzerli Berlinda yashaydi. Aktrisaning onasi Sahra Uzerli nemis, otasi esa turk millatiga mansub. Bu haqda ko‘pchilik bilmaydi, biroq aktrisa Germaniyada tug‘ilgan va o‘z faoliyatidagi ilk qadamlarini o‘sha yerda qo‘ygan.

Foto: “Yandeks.ru”

Foto: “Yandeks.ru”

Hozirda u Berlin markazidagi keng xonadonda yashaydi. Uzerli uyini iloji boricha qulay qilish uchun hamma narsa sharoitni yaratdi: u yerda multfilmlar tomosha qilish mumkin bo‘lgan keng divan, poytaxt manzaralariga tomosha qilish mumkin bo‘lgan ayvon va ko‘plab yumshoq o‘yinchoqlar mavjud. Aktrisa kichika qizaloqlari uchun barcha sharoitni yaratishga harakat qiladi.

Foto: “Yandeks.ru”

Foto: “Yandeks.ru”

Ebru Shahin 

Turkiyalik aktrisa Ebru Shahin bilan turmush o‘rtog‘i, basketbolchi Jedi Osman bilan tez-tez Amerikada bo‘lishiga qaramay, juftlik Turkiyada yashashga qaror qildi. “Afsona” va “Beqaror” seriallari yulduzi Istanbulning mashhur hududida joylashgan uyni ijaraga olgan. Turk ommaviy axborot vostilari ma’lumotlariga ko‘ra, Marmara dengizi sohilidagi hashamatli uyning ijarasi oyiga taxminan 4,5 ming dollar turadi. Bu uyning narxi 20 foizgacha chegirma qilingan — mashhur bo‘lishning afzalliklari bor.

Foto: “Yandeks.ru”

Foto: “Yandeks.ru”

Fahriye Evjen

Yana bir yulduzli juftlik “Choliqushi” seriali orqali tomoshabinlarning qalbidan joy olgan Fahriye Evjen va Burak O‘zchivit suratga olish maydonchasida tanishib oila qurdi. Juftlik 2017-yilda Germaniyada unashtirildi, keyin esa Turkiyada turmush qurdi.

Hozirda juftlik o‘g‘li Karan bilan Istanbulda istiqomat qiladi, ular shaxsiy hayoti bilan bog‘liq tafsilotlarini muxlislari va ommaviy axborot vositalaridan yashiradi. Biroq ma’lumotlarga ko‘ra, aktrisaning turmush o‘rtog‘i tomonidan ijaraga olingan uy yog‘och va marmardan ko‘p foydalanilgan holda qurilgan.

Foto: “Yandeks.ru”

Foto: “Yandeks.ru”

Uyning dekoratsiyasi bilan Burak O‘zchivit va Fahriye Evjenning o‘zi shug‘ullangan, aktrisa uydagi mebel va dizaynerlik yoritish moslamalarini tanlagan. Uyda hattoki etnik uslubdagi narsalar to‘plami mavjud. Bu shunchaki ajoyib ko‘rinadi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Demet O‘zdemir yangi loyihada suratga tushadi, Ibrohim Chelikkol eski uyiga ko‘chib o‘tdi. Turk kinosi yangiliklari
Sport
Braziliya yetakchi, Fransiya — 2, Argentina 5-o‘rinda. The Guardian JCH—2022 favoritlari ro‘yxatini e’lon qildi
Sport
Krishtianu Ronaldu JCH—2022 vaqtida Portugaliya terma jamoasi bazasini tark etmoqchi bo‘lgan