Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiya o‘zining geografik joylashuvidan kelib chiqib, Rossiya, Eron va Saudiya Arabistonidan Yevropaga tabiiy gaz va neft yetkazib berish uchun o‘ziga xos energiya koridoriga aylanishi mumkin. Bu mamlakat moliya va g‘aznachilik vaziri Nuriddin Nebatiga tayanib “TASS” xabar bermoqda.

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Gaz va neft Turkiya hududi orqali Yevropaga arzonroq va xavfsiz tarzda yetkazilishi mumkin, — deya vazirning so‘zlarini keltiradi Sabah gazetasi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiya va Eron gazini Turkiya orqali Yevropaga yetkazish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Shuningdek, prezident bu mintaqada tinchlik va energiya xavfsizligiga hissa qo‘shishiga, dunyo tanazzulga yuz tutayotgan bir paytda energiya narxining pasayishiga hissa qo‘shishiga ishonadi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Rossiya energetika haftaligi” forumida so‘zlagan nutqida “Shimoliy oqim” orqali yo‘qolgan tranzit hajmi qayta yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan Yevropaning eng yirik gaz markazini Turkiyada yaratish g‘oyasini ilgari surgan.

Avvalroq Turkiya gaz ta’minoti markaziga aylanishi haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Braziliya terma jamoasi ketma-ket 8-marta mundial chorak finaliga chiqdi
Dunyo
Trampning sobiq maslahatchisi prezident saylovida qatnashishga tayyorligini bildirdi
Madaniyat
“Kuniga 1 000 dollar topganda talash bo‘lgan ota keksayganda hech kimga kerak bo‘lmay qoldi” — Bobomurod Hamdamovning kelini oiladagi kelishmovchiliklar haqida (vi...