Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel 27-oktabr kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Oliy martabali mehmon bugun (28-oktabr) prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. Shundan so‘ng, Toshkent shahridagi Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi ofisida Sharl Mishel va ommaviy axborot vositalari vakillari muloqoti o‘tkazildi.

Tadbirda Yevropa kengashi rahbari bir qator masalalarda fikr yuritib, jurnalistlarning savollariga javob qaytardi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri. Quyida muloqot jarayonidan video va intervyu matni e’tiboringizga havola qilinadi.

“Hamkorlik asosi – muloqot, o‘zaro tushunish va hurmatda”

Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Bizda umumiy siyosiy iroda, maqsadlarga erishish va hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha juda katta rejalar mavjud.

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim hamda GSP+ imtiyozli tizimi tufayli biz iqtisodiy aloqalarimizni mustahkamlash va kengaytirish uchun asoslarga egamiz. Va biz inson huquqlari kabi bir qator juda muhim mavzularni muhokama qildik. Aytishim kerak, biz keng ko‘lamli mavzularni ochiq muhokama qilish imkoniyatini juda qadrlaymiz.

O‘zbekiston va O‘zbekiston prezidentining mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashdagi muhim rolini yuqori baholaymiz. Yevropa Ittifoqi har doim sherik bo‘lishni, barqarorlik va farovonlik uchun mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashni qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

Sharl MishelFoto: “Daryo”

Yaqinda Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Samarqand konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Tadbirda Yevropa Ittifoqi tomonidan juda aniq va maqsadli takliflar e’lon qilinadi. Bu bizning keyingi hamkorligimiz uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan qo‘shma loyihalar yo‘nalishini aniqlash uchun asos bo‘ladi.

Shuningdek, biz Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkorligi (urushi), oziq-ovqat, energiya xavfsizligi inqiroziga olib kelgan urush va turli xil geosiyosiy masalalarni muhokama qildik. Afg‘onistonga kelsak, bu nafaqat mintaqa uchun, balki butun dunyo barqarorligi uchun juda muhim masala.

Biz o‘zaro aloqalarni mustahkamlash majburiyatini ko‘rib turibmiz va ushbu yondashuv hamkorlik darajasini va uning samaradorligini yanada yaxshilashga yordam beradi deb ishonamiz.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Prezidentga aytganimdek, Yevropa Ittifoqida yashirin kun tartibi yo‘q. Biz o‘z harakatlarimiz va siyosatimizni ikkita muhim prinsipda asoslaymiz. Bu hamma xalqlarning farovonligi uchun tinchlik va xavfsizlikdir. Siyosiy muloqot, o‘zaro tushunish va hurmat bu hamkorlikning asosidir.

“O‘zbekiston bilan kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik qilishni kelishib oldik”

O‘zbekiston prezidenti bilan juda yaxshi muzokaralar olib bordik. Juda aniq mavzularni muhokama qildik. Biz ikki tomonlama darajada iqtisodiy aloqalarni mustahkamlamoqchimiz. Shu bilapn birga, O‘zbekiston bilan kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik bitimini kelishib oldik. Bu iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga yordam beradi. Ushbu bitim Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni va faoliyatni kuchaytirishga yordam beradi. Biz O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda yanada barqarorlik va mintaqaviy hamkorlik uchun muhim rolini juda qadrlaymiz.

Shuningdek, davlat rahbari bilan kelajakdagi loyihalarni ham muhokama qildik. Masalan, kelajak uchun ko‘prik bo‘lgan o‘zaro bog‘liqlik masalasini. Evropa Ittifoqi, O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlashga, yordam, tajriba va bilimlarini berishga tayyor.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“Texnologiya, raqamlashtirish, energiya va suv resurslari bo‘yicha takliflar beramiz”

Kelajakda biz Markaziy Osiyo yetakchilari darajasida o‘zimni ishtirokim bilan o‘zaro bog‘liqlik, yashil iqtisodiyot, xavfsizlik, barqarorlik bo‘yicha loyihalarni aniqlash uchun umumiy yo‘l xaritasini amalga oshirish bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazamiz. Ya’ni shunga kelishib olindi. Bu mintaqa va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi o‘zaro siyosiy muloqotni takomillashtirish va chuqurroq tushunish yo‘lidir.

Tarixda birinchi marta shunday formatda Ostonadagi sammit bo‘lib o‘tdi. Bu juda yaxshi va samarali uchrashuv bo‘lib, bir-birimizni tinglash imkoniyatini berdi. Markaziy Osiyo tabiiy resurslarning katta zaxirasiga va favqulodda geografik joylashuvga ega. Bu aslida Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘prikdir.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Shuning uchun, aniq loyihalar bilan harakatlar xaritasi haqida gapiradigan bo‘lsak, bu orqali biz barqarorlik, rivojlanish va xalqlarimiz manfaati uchun ko‘p ishlar qilishimiz mumkin.

Prezident va men so‘z erkinligi, ommaviy axborot vositalari erkinligi, inson huquqlari masalasini muhokama qildik. Bu Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlar bilan hamkorligining muhim, hatto zarur elementidir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Dunyo
“Sirli odam” — Murali Lal Jalanning Minerva City bo‘yicha intervyusi bahslarga sabab bo‘lmoqda. Lal Jalan aslida kim?
Sport
Bobur Abduxoliqov Belarusda mavsumning eng yaxshi to‘purari va eng yaxshi futbolchisi sovriniga ega chiqdi